Ko‘prikda to‘xtash mumkin va mumkin emas: Navoiydagi haydovchilarni chalg‘ituvchi yo‘l belgilari
Fuqarolarning KUN.UZ tahririyatiga murojaatlari yuzasidan yurt kezmoqdamiz. Mamlakatimizning yo‘llarining katta qismi tanish ham bo‘lib qoldi, ochig‘i. Yo‘llardagi holat va vaziyatlar ham e'tiborimizdan qolmayapti. Buxoro viloyatiga borayotganimizda Navoiy viloyati hududidan o‘tayotganimizda yo‘l belgilari bilan bog‘liq bir holat e'tiborimizni tortdi...
Navoiy shahridan chiqib, M37 yo‘li bo‘ylab Buxoro tomon yursangiz — Do‘rmon aholi punktidan chiqib, “Malikrabot” mahallasi va Navoiy xalqaro aeroportiga yaqinlashayotib temir yo‘l ustidan o‘tgan yo‘l o‘tkazgich ko‘prikdan o‘tasiz. U yerda ikkita taqiqlovchi belgi ketma-ket turibdi. Ko‘prikda quvib o‘tish (3.20) va to‘xtash (3.27) taqiqlangan. Bu belgilar yo‘lning har ikki tarafida ham o‘rnatilgan.

Zukko o‘quvchi, gap nimadaligini darhol tushundi. Gap yo‘l belgilari ostidagi qo‘shimcha axborot belgilari haqida.
7.1.1 yo‘l belgisi manzilgacha bo‘lgan masofani bildiradi. Bu belgi yo‘lning xavfli joyigacha bo‘lgan masofani, yo‘l harakatiga tegishli cheklovlar kiritilgan joyni yoki harakat yo‘nalishi bo‘yicha oldingi muayyan joyni ko‘rsatadi.
Ya'ni, taqiqlovchi yo‘l belgilariga qo‘shimcha o‘rnatilgan axborot belgilariga ko‘ra, quvib o‘tish belgisi 1000 metrgacha, to‘xtashni taqiqlovchi belgi 1500 metrgacha amal qilinishi da'vo qilinmoqda.
Ammo bu qo‘shimcha axborot belgilari xato o‘rnatilgan. Chunonchi, siz yo‘l o‘tkazgich ustida quvib o‘tolmaysiz, bunga yo‘l belgisi emas, yo‘l o‘rtasidagi uzluksiz chiziq monelik qiladi. Biroq ko‘prik ustida bemalol to‘xtashingiz mumkin va YPX xodimi sizga nisbatan bayonnoma rasmiylashtirsa — nohaq bo‘ladi. 7.1.1 qo‘shimcha axborot belgisiga ko‘ra, ushbu taqiqlovchi belgi 1500 metr masofadan keyin kuchga kiradi.
Belgi o‘rnatilgan joydan boshlab ta'sirga ega bo‘lishi uchun 7.2.1 yo‘l belgisi — ta'sir oralig‘ini ko‘rsatadigani o‘rnatilishi kerak edi. Belgilar bir-biriga o‘xshash, faqat 7.2.1 da masofa ko‘rsatkichi yonlarida tepaga qaragan ikkita strelka bo‘ladi.
7.1.1 belgisi esa ko‘pincha axborot-ishora belgisi — 5.11.1, qayrilish joyigacha bo‘lgan masofani ko‘rsatishda ishlatiladi.

Aslida yo‘l belgilariga qo‘shimcha axborot belgilari mana bunaqa tarzda o‘rnatilishi kerak edi.

Shunday noto‘g‘ri qo‘shimcha axborot belgilari bilan jihozlangan yo‘l belgilariga amal qilmaslik oqibatida Jizzax viloyatida YPX xodimlari bilan sudlashgan avtomobilist videobloger Stanislav Kapustin tomonidan Kommersant.uz saytida post e'lon qilingan edi. U YPX xodimlarining noqonuniy jarimaga tortishlari ustidan sudga murojaat qilib, g‘olib chiqqan.
Quyidagi videoda videoblogerning YPX xodimlari bilan aynan shu masala ustida tortishgani aks etgan
Biz mutasaddi tashkilotlar va Navoiy viloyat IIB YXH boshqarmasidan ushbu yo‘l belgilarini tez orada tuzatib qo‘yishlarini so‘rab qolamiz.
P.S. Xuddi shunday to‘xtash va to‘xtab turishni taqiqlovchi belgi Samarqanddan yo‘l olib Jizzax shahriga kiraverishda, “Jyelli Gulli” mahallasidan o‘tgandan keyin o‘rnatilgan.
Shuhrat Shokirjonov,
KUN.UZ muxbiri
Tavsiya etamiz
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” Qurbon hayiti sharafiga aksiya e’lon qildi – 50% gacha chegirma
Jamiyat | 17:00
-
Andijonda fuqaro zapravka hududida 2 ta bo‘ri boqib kelgani ma’lum bo‘ldi
Jamiyat | 21:23
-
Parijdagi muzeydan Makronning mumdan yasalgan haykali o‘g‘irlandi
Jahon | 21:15
-
Yil boshidan beri rossiyalik oligarxlarning boyligi 22 milliard dollardan oshdi
Jahon | 20:55
Mavzuga oid

08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi

17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi

14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi

13:00 / 12.05.2025