Sidneyda 80 yil ichidagi rekord havo harorati qayd qilindi

Foto: Reuters
Avstraliya meteorologik xizmati Sidneyda 47 gradus issiq haroratni qayd qildi. Bu esa ushbu shahar uchun deyarli 80 yil ichidagi eng yuqori havo harorati bo‘ldi. Bu haqda Yangi Janubiy Uels shtati ob-havo mutaxassislari byurosi tvitterda ma'lum qildi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, oxirgi marta bunday issiq ob-havo qit'aning eng yirik va eng qadimiy shahrida 1939 yilda qayd qilingan.
Hukumat yuqori yong‘in xavfsizligi haqida ogohlantirish bergan va havo harorati yuqori bo‘lgan hududlarda olov yoqishni taqiqlab qo‘ydi. Har yer-har yerda bepul suv olish stansiyalari o‘rnatilgan.
ABC telekanalining ta'kidlashicha, issiq havo tufayli bir necha kishi shifoxonaga tushgan.
Hozirda Avstraliyada yilning eng issiq fasli – yoz hukm surmoqda.
Mavzuga oid

14:35
Avstraliyalik erkak sun’iy yurak bilan 100 kun yashab, rekord o‘rnatdi

13:58 / 07.03.2025
Avstraliyada o‘smir o‘qotar qurol bilan samolyot bortiga yashirincha chiqdi

15:29 / 03.03.2025
Avstraliyada 2,4 mln chaqaloqning hayotini saqlab qolgan donor vafot etdi

15:57 / 25.02.2025