Jahon | 15:57 / 25.02.2025
8036
2 daqiqa o‘qiladi

Avstraliyada kir yuvish mashinasidan dunyodagi eng xavfli ilonlardan biri topildi

Ilonni maxsus tashkilot vakillari tutib, olib ketgan.

Foto: AP

Avstraliyalik oila kir yuvish mashinasida ilon topib oldi. Ular darhol ilonlarni tutish tashkilotiga murojaat qildi. UPI xabar berishicha, bu sayyoradagi eng zaharli sudralib yuruvchilardan biri bo‘lgan.

Modslendda yashovchi oila tasodifan uncha katta bo‘lmagan ilonni uchratgan. Mutaxassislar bu to‘rsimon qo‘ng‘ir ilon ekanini aniqlagan. Bunday turdagi ilonning zahri quruqlikda yashovchi barcha ilonlar orasida taypandan keyin ikkinchi o‘rinda turadi.

Ilon xonaga qanday kirib qolgani noma’lum. Mutaxassislar uni qo‘lga olishga muvaffaq bo‘ldi, hech kim jabrlanmadi. Ushbu turdagi ilonlar agressiv xatti-harakatlari bilan mashhur. Ular raqib bilan to‘qnashishdan qochishga urinadi, ammo agar bezovta qilinsa, o‘zlarini himoya qila boshlaydi.

To‘rsimon qo‘ng‘ir ilonlar uzunligi 1,8 metrgacha yetishi mumkin. Agar o‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatilmasa, bunday ilon chaqqan odam o‘lishi mumkin. Sudralib yuruvchilarning bu turi Avstraliyaning sharqiy qirg‘oqlarida keng tarqalgan.

Avvalroq Avstraliyadagi uy hovlisidan 100 dan ortiq zaharli ilon topilgandi. Ular hovliga to‘kilgan barglar uyumiga in qurib olgan. Ilonlardan biri uy egasining itini chaqib olmaguncha ularni hech kim sezmagan.

Mavzuga oid