Rossiyaga 2 tonna nosvoy olib ketayotgan shaxs ushlandi

Foto: TASS
Qozog‘istonda chegarachilar Qirg‘iziston fuqarosini qo‘lga olishdi. U Rossiyaga tegishli hujjatlarsiz tamaki mahsulotlarining yirik partiyasini olib ketayotgan bo‘lgan, deb xabar qilmoqda «Interfaks».
«Ko‘rday chegara otryadining «Qorasu avto» nazorat-o‘tkazish punkti naryadi tomonidan Qirg‘izistonning 34 yoshli fuqarosi qo‘lga olindi. U Qirg‘izistondan Rossiyaga Mercedes-Benz avtomobilida tamaki mahsulotlarining yirik partiyasi bilan ketayotgan bo‘lgan», - deya xabar berishgan Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi chegara xizmatidan.
Xabar qilinishicha, avtomobilda og‘irligi 2200 kilogramdan ortiq bo‘lgan, xom nosvoyga to‘la 76 ta qop, shuningdek, sigaretalar bilan to‘ldirilgan 45 ta quti bo‘lgan.
Mavzuga oid

23:40
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda

22:14
KXDR Ukrainadagi urush vaqtida harbiy zavodlari maydonini kengaytirdi

14:06
Britaniya razvedkasi: Rossiya Kursk oblastida bosimni oshiryapti

23:00 / 10.03.2025