O‘zbekiston-Rossiya tekstil mahsulotlar bo‘yicha savdo hajmi 700 million dollarga yetishi kutilmoqda

Foto: KUN.UZ
2018 yilda O‘zbekiston-Rossiya tekstil mahsulotlar bo‘yicha savdo hajmi 700 million dollarga yetishi mumkin. 3 oktabr kuni poytaxtda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Rossiya biznes-forumida tashqi iqtisodiyot vaziri Elyor G‘aniyev shu haqida ma'lum qildi.
"O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida tekstil mahsulotlarini yetkazish bo‘yicha "yashil yo‘lak" joriy qilinadi. Shu yilning o‘zidayoq O‘zbekistondan Rossiyaga yetkaziladigan tekstil mahsulotlari hajmi 22 foizga oshdi. Bu sohada ham salohiyat juda yuqori.
Gap sanoat korporatsiyasi, Rossiya korxonalarida o‘zbek iplaridan foydalanish, tayyor tekstil mahsulotlari, trikotaj va paxta matolarni yetkazib berish haqida bormoqda.
Kelgusi yilda tekstil mahsulotlar bo‘yicha savdo hajmi 700 million dollarga yetishi mumkin. Men mutlaqo real raqamlarni keltirmoqdaman", - deya ta'kidladi Elyor G‘aniyev.
Mavzuga oid

23:40 / 11.03.2025
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda

22:14 / 11.03.2025
KXDR Ukrainadagi urush vaqtida harbiy zavodlari maydonini kengaytirdi

14:06 / 11.03.2025
Britaniya razvedkasi: Rossiya Kursk oblastida bosimni oshiryapti

23:00 / 10.03.2025