Jahon | 21:50 / 02.10.2017
13229
1 daqiqa o‘qiladi

Las-Vegas «mergani»ning IShIDga aloqadorligi rad etildi

Foto: AP

AQSh Federal Qidiruv byurosi (FQB) Las-Vegasdagi otishma ijrochisi Stiven Peddok va IShID o‘rtasida aloqadorlik yo‘qligini ma'lum qildi. Bu haqda byuro vakili matbuot anjumani vaqtida ayon qildi.

«Biz terrorchilik tashkiloti izlarini ko‘rmadik. Tekshiruv ishlari davom etmoqda», degan u.

Bundan avvalroq IShID Peddokni o‘z a'zosi deb atagan va hujum uchun javobgarlikni zimmasiga olgandi.

AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi vakillari IShID bayonotidan xabardor ekanliklari va bu bayonot asosida shoshilinch choralar ko‘rilmasligini ma'lum qilgan.

IShID Las-Vegas «mergani»ni o‘z askari deb atadi

Oxirgi xabarlarga ko‘ra, Las-Vegasdagi musiqiy festivalda ro‘y bergan otishma qurbonlari soni 58 kishiga yetgan. Shuningdek, shifoxonaga yetkazilganlar soni 515 nafarni tashkil qilmoqda.

Mavzuga oid