Rossiya va Janubiy Koreya birgalikda raketa dvigateli ishlab chiqishi mumkin

Foto: TASS
Rossiya va Janubiy Koreya birgalikda metanli raketa dvigatelini ishlab chiqishni rejalashtirmoqda, deb xabar tarqatdi «Izvestiya» gazetasi «Energomash» korxonasi bosh direktorining strategik rivojlanish, innovatsion faoliyat va marketing bo‘yicha o‘rinbosari Dmitriy Paxomovga asosan.
«Janubiy Koreya tashabbusi bilan birgalikda metanli dvigatelni ishlab chiqish imkoniyatlari masalasini muhokama qilishga doir ilk uchrashuv bo‘lib o‘tdi», - dedi Paxomov.
Nashrning ta'kidlashicha, «Roskosmos»dan Janubiy Koreya bilan ishlashga tayyor ekanliklarini ma'lum qilishgan hamda Rossiya Osiyo-Tinch okeani mintaqasi davlatlari bilan fazoviy sohada faol hamkorlik qilayotgani qayd etildi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning mayida dunyodagi eng katta aviadvigatel sinovdan o‘tkazilgandi.
Mavzuga oid

23:40 / 11.03.2025
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda

22:14 / 11.03.2025
KXDR Ukrainadagi urush vaqtida harbiy zavodlari maydonini kengaytirdi

14:06 / 11.03.2025
Britaniya razvedkasi: Rossiya Kursk oblastida bosimni oshiryapti

23:00 / 10.03.2025