Jahon | 21:54 / 29.08.2017
17289
3 daqiqa o‘qiladi

Selfi oshqozon osti bezi saratonini aniqlashga yordam beradi

Foto: washington.edu

Oshqozon osti bezi saratoni - onkologik kasalliklarning eng xavfli va halokatli turlaridan biri. AQSh Milliy onkologiya instituti baholariga ko‘ra, 2017 yilda Amerikada 53 ming yangi oshqozon osti bezi saratoni holati va uning natijasida 43 mingdan ortiq o‘lim holati qayd etildi. 

Statistikaga ko‘ra, saratonning bu turiga yo‘liqib, o‘rtacha 5 yilcha yashaydiganlar soni atigi 9 foizni tashkil qilar ekan. 

Asosiy muammo shundaki, oshqozon osti bezi saratoni odatda haddan tashqari kech aniqlanadi, uning qorindagi og‘riqlar va vazn yo‘qotish kabi belgilari esa faqat so‘nggi bosqichda ayon bo‘ladi. 

Shu bois butun dunyo labaratoriyalari saratonning ilk bosqichlarida tashxis qo‘yish borasidagi yangi usullarni joriy qilish ustida ishlamoqda. Bu kelgusida kasallikni ertaroq aniqlash va uning oldini olishga yordam beradi. 

Vashington universiteti olimlari odamlardagi oshqozon osti bezi saratoni va boshqa kasalliklar skriningini mustaqil o‘tkazish imkonini beruvchi mobil ilovani ishlab chiqishdi, buning uchun birgina oddiy selfi qilish talab qilinadi. 

BiliScreen ilovasi skler yoki ko‘z oqsilida bilirubin darajasining me'yordan yuqoriligini aniqlash uchun smartfon kamerasi, videoaxborotni qayta ishlovchi maxsus algoritmlar va mashina ta'limi jihozlarini qo‘llaydi. 

Yangi ilovani yaratishga bag‘ishlangan ilmiy maqola 13 sentabrda kompyuterda hisoblashga doir Ubicomp 2017 anjumanida taqdim etiladi. 

Olimlar 70 kishi ishtirokidagi klinik  tadqiqot sinovlarini o‘tkazishdi. Tadqiqotlarda ko‘z nurini nazorat qilishga yordam bergan 3D-printerda chop etilgan maxsus qutidan foydalanildi. Tahlil ilovaning biluribin darajasini yetarlicha aniq qayd etishini ko‘rsatgan, xavfli kasalliklar esa 89,7 foiz holatda aniq natija bergan. Hozirgi vaqtda bu maqsadlar uchun qon tahlillaridan foydalaniladi. 

BiliScreen bundan avval yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda sariq kasalni aniqlovchi BiliCam ilovasini yaratgan Ubiquitous Computing labaratoriya ishlanmasi asosiga qurilgan.

Mavzuga oid