GM-Uzbekistan «Matiz» va «Gentra» ishlab chiqarishni tugatishni rejalashtirmoqda
GM-Uzbekistan tasarrufidagi Asaka avtomobil zavodiga uyushtirilgan press-tur davomida korxona bosh direktori vazifasini bajaruvchi Rustam Rajabov jurnalistlar va blogerlarning zavodda ishlab chiqariladigan yangi avtomobillar va ishlab chiqarilishi tugatilayotgan avtomobillar borasidagi savollariga javob berar ekan, «Matiz» avtomobili yaqin orada ishlab chiqarishdan olib tashlanishini ma'lum qildi.
«Xalqimiz tobora sifatli, zamonaviy avtomobillar xarid qilishi tendensiyasi kuzatilmoqda. «Spark» rusumi ham o‘zi aynan «Matiz» avtomobilini almashtirish uchun joriy etilgandi. Yaqin 1–2 yilda «Matiz»ni ishlab chiqarishdan butunlay voz kechmoqchimiz. Chunki, «Matiz» GM’ning zamonaviylik karbyuratorli avtomobil bo‘lgani sababli (tahr.) shuningdek, xavfsizlik siyosatiga ham mos kelmaydi. Chunki yaqindan boshlab O‘zbekistonning ichki bozorida ishlab chiqarilayotgan barcha avtomobillar ham xavfsizlik yostiqchasi bilan ta'minlash nazarda tutilmoqda», dedi u.
GM-Uzbekistan bosh direktori vazifasini bajaruvchi Rustam Rajabov
Rustam Rajabov yaqin kelajakda «Lacetti» (Gentra) avtomobilini ham ishlab chiqarishni yakunlash mo‘ljallanayotganini malum qildi.
«Lacetti» (Gentra) ham eskirgan model hisoblanadi. Uning o‘rniga shu klassga oid mutlaqo yangi avtomobil ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yamiz. Hozircha tijorat siri bo‘lganligi uchun, yangi modelning nomi va unga oid tafsilotlarni sizlar bilan o‘rtoqlasha olmayman», — dedi Rajabov jurnalistlar va blogerlar bilan o‘tkazilgan prezentatsiya va matbuot anjumanida.
Tavsiya etamiz
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
Hozirda sirtqi ta’limda o‘qiyotganlar o‘qishini qay tartibda davom ettiradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 17.06.2025
Qo‘rquv, shok va sarosima: Eronda nimalar bo‘lmoqda?
Jahon | 19:57 / 16.06.2025
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Argentinada rossiyalik josuslar tarmog‘i fosh qilindi
Jahon | 02:44
-
Eron Trampning so‘zlaridan keyin AQShga norozilik notasi yubordi
Jahon | 01:25
-
Eron Isroilga qarata yangi turdagi ballistik raketani uchirdi
Jahon | 00:36
-
Rossiya Finlandiya chegarasi yaqinida qo‘shinlarini ko‘paytirmoqda – OAV
Jahon | 23:56 / 18.06.2025
Mavzuga oid

12:31 / 29.05.2025
Qamchiqda ichida besh kishi bo‘lgan Gentra xandaqqa tushib ketdi

10:12 / 27.05.2025
Qamchiqda yuk mashinasi va Gentra xandaqqa tushib ketdi

11:18 / 22.04.2025
“5 ta mashina bilan to‘qnashgan” – Toshkentda YPXdan qochgan qora Gentra bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berildi

10:28 / 21.04.2025