Moskvada mashhur xalqaro kinofestival boshlandi

Foto: RIA Novosti
Rossiya poytaxti Moskva shahrida mashhur xalqaro kinofestival 39-marotaba ochildi – marosim TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarovaning qo‘shig‘i bilan boshlangan. Festival prezidenti Nikita Mixalkov italiyalik aktyor Franko Neroga mukofot topshirdi.
Moskva xalqaro kinofestivali ilk bor 1935 yilda bo‘lib o‘tgan, o‘shanda hay'at raisi mashhur rejissyor Sergey Eyzenshteyn edi. 1959 yildan boshlab festival doimiy tarzda o‘tkazila boshlandi.
2017 yilda festivalning ochilishi Ikkinchi jahon urushining boshlanishi sanasi bilan bir vaqtga to‘g‘ri keldi. Shu sababdan “Rossiya” kinoteatri sahnasida Mariya Zaxarovaning “Xotirani qaytaring” qo‘shig‘ini Nargiz Zokirova ijro etdi.
Shundan so‘ng hakamlar hay'ati a'zolari tanishtirildi, ular orasida - aktrisa Ornella Muti, finlyandiyalik rejissyor Yorn Donner, ispaniyalik rejissyor Albert Serra, rossiyalik dramaturg Aleksandr Adabashyan, New German Film Board kinojamg‘armasi a'zosi Brigitta Mantey bor.
Tanlov hay'atiga esa eronlik rejissyor Rizo Mirkarimiy raislik qilmoqda.
Kinematografiyaga qo‘shgan buyuk hissasi uchun italiyalik aktyor Franko Nero mukofot bilan taqdirlandi. Mixalkovning qo‘lidan mukofotni qabul qilib olgan Frankoning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyada u Sergey Bondarchuk va Aleksandr Abdulov bilan birga ishlagan.
Ochilish filmiga esa hindistonlik rejissyor S. S. Rajamulining “Baxubali. Yakun” kartinasi aylandi. Bu tarixiy-sarguzasht filmi Qirol Artur haqidagi afsonaning hindcha talqinidir.
Tanlovning rasmiy dasturida 247 ta film taqdim etilgan – 153 ta to‘la metrajli va 94 ta qisqa metrajli. Joriy yilda tanlov dasturiga 13 ta film kirdi: Xitoydan ("Kokildor ibis"), Daniyadan ("Jahannam"), Ispaniyadan ("Selfi"), Argentinadan ("Ana uchun simfoniya"), Finlyandiyadan ("Yulduzlar"), Yaponiyadan ("Uch yillik aprel tushi"), Koreyadan ("Oddiy inson"), Germaniya hamda Avstriyadan ("Eng yaxshi dunyo"), Hindistondan ("Suvga sakrash"), Turkiyadan ("Sariq jazirama") va rossiyalik kinoijodkorlar asarlari.
Tavsiya etamiz
O‘qituvchilarni ovoz yig‘ishga majburlagan maktab direktori ishdan olindi
O‘zbekiston | 11:20 / 14.03.2025
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi
Jahon | 23:00 / 13.03.2025
“Xitoy bilan oramiz buzilishini istovchi davlatlar bor” – tarmoqdagi dolzarb mavzu haqida suhbat
O‘zbekiston | 15:17 / 13.03.2025
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukraina Qurolli kuchlari Kursk oblastidagi asosiy vazifasini bajarib bo‘ldi - Zelenskiy
Jahon | 00:22
-
Qashqadaryoda bosqinchilik bilan shug‘ullanib kelgan jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olindi
Jamiyat | 23:40 / 14.03.2025
-
Kanadaning yangi bosh vaziri qasamyod keltirdi
Jahon | 23:29 / 14.03.2025
-
Ozoda Nursaidova klipi jarayonida avariya bo‘lgan aktrisa Turkiyada operatsiya qilinadi - voqea tafsilotlari
Jamiyat | 23:03 / 14.03.2025
Mavzuga oid

08:20 / 14.03.2025
NBC: Tramp Rossiyaning iltimosiga ko‘ra Kellogni muzokaralardan chetlashtirdi

17:25 / 06.03.2025
Moskva aeroportida Uzbekistan Airways samolyoti shikastlandi

22:26 / 02.03.2025
Moskva viloyatidagi savdo markazida otishma yuz berdi. Uch kishi jarohat oldi

13:48 / 31.01.2025