Harri Potter aslida ikkita bo‘lganmi?

Britaniyalik yozuvchi Joan Rouling yosh sehrgar haqidagi kitoblar turkumida bosh qahramondan tashqari boshqa Harri Potter ham bo‘lgani haqida so‘zlab berdi. Independent shu haqida xabar berdi.
"Henri Potter (yoki yaqinlar uchun Harri) Hardvin va Iolantaning to‘g‘ridan to‘g‘ri avlodi bo‘lgan, u 1913-1921 yillarda Vizengamot (syujyet bo‘yicha Buyuk Britaniya sehrgarlari oliy sudi)da xizmat qilgan", - deb yozadi Rouling.
Yozuvchining so‘zlariga ko‘ra, bu personaj magllar (oddiy odamlar)ni faol himoya qilgan va buning uchun uning oilasini "Haqiqiy sehrgarlarning ma'lumotnoma kitobi"dan chiqarib tashlashgan. Roulingning aytishicha, u Birinchi jahon urushi davrida sehrgarlar odamlarga yordamga kelishi tarafdori bo‘lgan.
Noma'lum Harri Potterning Flimont ismli o‘g‘li bo‘lgan, u turmush o‘rtog‘i Yufimiya bilan o‘g‘li Jyeyms Potter va Lili Evanslarning to‘ylarini ko‘radi, biroq adash nevarasini ko‘rish nasib etmaydi. Shu tariqa, yangi personaj kitobxonlarga allaqachon tanish bo‘lgan Harri Potterning evarasi bo‘ladi. Roulingning so‘zlariga ko‘ra, Flimont va Yufimiya "ajdarho suvchechagi"dan halok bo‘lishgan.
Ajab emas, ikkinchi Harri Potter prikvelning chop etilgan kitoblari qahramoni bo‘lib chiqsa. Bundan avval u Roulingning romanlarida tilga olinmagan.
Tavsiya etamiz
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda
Jahon | 23:40 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston | 16:34 / 11.03.2025
Firibgarlar o‘g‘irlagan pullarni qaytarib bo‘lmaydimi?
O‘zbekiston | 15:27 / 11.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh harbiylari Xitoyga qurollar haqidagi maxfiy ma’lumotlarni sotgani ma’lum bo‘ldi
Jahon | 22:06
-
“Bolalarni qo‘rqoq qilib qo‘ymasligimiz kerak” - bog‘chadagi zo‘ravonliklar haqida suhbat
Jamiyat | 21:51
-
TikTok o‘smirlar uchun cheklovlarni joriy etmoqda
Jahon | 21:50
-
13 mart yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 21:32
Mavzuga oid

19:47 / 27.09.2024
Britaniyalik aktrisa Meggi Smit vafot etdi

20:11 / 21.12.2019
Joan Rouling dunyoning eng ko‘p haq to‘lanadigan yozuvchilari reytingida yetakchi bo‘ldi

20:30 / 12.12.2018
Afsunlar yordam bermadi – yilning eng daromadli yozuvchisi endi Joan Rouling emas

10:47 / 10.09.2017