Qirg‘iziston prezidenti Rossiyaga ilk davlat tashrifi bilan boradi

Foto: TASS
Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev Rossiyaga davlat tashrifini amalga oshiradi. Bu haqda bugun o‘tkazilgan brifing chog‘ida prezident apparatining tashqi siyosat bo‘yicha bo‘limi rahbari Oyzoda Subakojoyeva ma'lum qilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya prezidenti taklifiga ko‘ra, Almazbek Atambayev 19 iyundan 24 iyunga qadar ushbu mamlakatda bo‘ladi. Tashrif ikki mamlakat munosabatlari yo‘lga qo‘yilganining 25 yilligi munosabati bilan tashkillashtirilgan. Ushbu tashrif ikki mamlakat aloqalarini mustahkamlashda muhim va strategik ahamiyatga ega bo‘lishi kutilmoqda.
Tashrif doirasida Almazbek Atambayev Rossiya prezidenti Vladimir Putin hamda Rossiya hukumati rahbari Dmitriy Medvedev bilan uchrashishi rejalashtirgan. Shuningdek, u Rossiya ilmiy doiralari va Rossiya hududidagi vatandoshlari bilan uchrashadi.
«Tashrifning asosiy voqeasi Rossiyada Qirg‘iziston madaniy markazi ochilishi bo‘ladi. 20 iyun kuni kechqurun Kreml saroyida Qirg‘iziston san'at ustalari oqshomi o‘tkaziladi. Madaniyat kuni doirasida Qirg‘iziston xalq-amaliy san'ati namunalari va qirg‘izistonlik rejissyorlar tomonidan ishlangan filmlar namoyish etiladi. Migratsiya, Sog‘liqni saqlash, statistika va moliya sohalarida hujjatlar imzolanadi», — degan Oyzoda Subakojoyeva.
Shuningdek, ikki davlat rahbarlari o‘zaro ittifoq va hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha deklaratsiyaga imzo chekishadi.
Qayd etilishicha, ushbu hujjatda tomonlarning pozitsiyalari ifoda etiladi. Qirg‘iziston prezidenti Tatariston va Boshqirdiston rahbarlari bilan uchrashishni ham rejalashtirgan. Bu uchrashuvlarda savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi. Ufa va Qozon shaharlaridan ham konsert dasturlari, ko‘rgazmalar va kino namoyishlari tashkil etiladi.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
To‘rtta viloyatda sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 12:36
-
«Inter Mayami» Messining shedevri bilan kambek qildi, «PSJ»da sensatsion mag‘lubiyat
Sport | 12:31
-
YeIning qator davlatlari Isroil aholi punktlari bilan savdo qilmaslikni talab etmoqda
Jahon | 12:11
-
Soliq huquqbuzarliklari haqida xabar berganlar 14,5 mlrd so‘m mukofot oldi
O‘zbekiston | 12:06
Mavzuga oid

13:25 / 19.06.2025
Putin: Rossiya va O‘zbekiston migratsiya masalalarini birgalikda hal qiladi

10:55 / 19.06.2025
Putin Zelenskiy bilan uchrashishga tayyorligini aytdi

01:29 / 18.06.2025
Kanada Putinning sobiq rafiqasiga sanksiyalar joriy qildi

21:33 / 14.06.2025