Avstraliya bosh vaziri messenjer ishlab chiqaruvchilarini maxsus xizmatlar bilan kodlarni bo‘lishishga chaqirdi

Foto: Getty Images
Avstraliya bosh vaziri Malkolm Ternbull terrorizmga qarshi kurash mashhur dastur-messenjerlar ishlab chiqaruvchi kompaniyalardan maxsus xizmatlarga o‘z mahsuloti kodini taqdim etishni talab qilmoqda.
Dushanba kuni jurnalistlarning Londondagi teraktlarga doir savollariga javob berar ekan, Avstraliya hukumati rahbari shunday dedi: "Bugun milliardlab kishilar WhatsApp va Messanger kabi dasturlar yordamida shifrlangan trafiklardan foydalanadi. Ushbu dasturiy ta'minot ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning hamkorligi kerak. Bizning xavfsizlik xizmatlarimiz bunday xabarlarga kirish imkoniga ega bo‘lishi kerak".
Ternbull shuningdek Britaniya bosh vaziri Tereza Meyning "ijtimoiy tarmoqlardagi ekstremistik materiallarga haddan ziyod chidamli" ekani borasidagi fikriga roziligini bildirdi. "Bu masalada Facebook va Twitter kabi yetakchi ijtimoiy platformalar bilan hamkorlik talab qilinadi", - deya ta'kidladi Avstraliya bosh vaziri.
Mavzuga oid

14:35 / 12.03.2025
Avstraliyalik erkak sun’iy yurak bilan 100 kun yashab, rekord o‘rnatdi

13:58 / 07.03.2025
Avstraliyada o‘smir o‘qotar qurol bilan samolyot bortiga yashirincha chiqdi

15:29 / 03.03.2025
Avstraliyada 2,4 mln chaqaloqning hayotini saqlab qolgan donor vafot etdi

15:57 / 25.02.2025