Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kolokoltsev: Rossiyada O‘zbekistonning 1,7 mln fuqarosi yashamoqda

Foto: Vladimir VeLeNGURIN
Rossiya Federatsiyasida bugungi kunda O‘zbekistonning 1,7 mln fuqarosi yashamoqda. Bunday ma'lumotni Rossiya Federatsiyasining ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokoltsev Toshkentda O‘zbekiston ichki ishlar vaziri Abdusalom Azizov bilan uchrashuvda keltirib o‘tdi.
Kolokoltsev muzokaralarda aprelda imzolangan, Rossiya hududida vaqtinchalik ish faoliyatini amalga oshirish uchun O‘zbekiston fuqarolarini tartibli qabul va jalb qilish haqidagi va migratsiya sohasidagi mutasaddi idoralar vakolatxonalarini ta'sis etish haqidagi kelishuvlarning muhimligini ta'kidlab o‘tdi. Uning aytishicha, 2017 yil boshidan Rossiyaga 600 ming o‘zbekistonlik kelgan, bu esa bir yil avvalgi ko‘rsatkichdan 10 foizga ko‘proqni tashkil qiladi. Shu tariqa hozirda Rossiyada yashab, mehnat qilayotgan o‘zbekistonliklarning soni 1,7 mln kishiga yetgan.
"Bizga bu sohada hamkorlikni mustahkamlash zarur, buni hayotning o‘zi taqozo etmoqda. Biz, albatta, davlatlarimiz rahbarlarining ham huquqiy, ham amaliy hamkorlik borasidagi qarorlarini hayotga tatbiq qilishimiz kerak", deb ta'kidlab o‘tdi Kolokoltsev.
Kolokoltsevning aytishicha, tezlik bilan noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish va mehnat muhojirlarining mehnat faoliyati va ularning huquqlarini himoyalash bilan bog‘liq masalalarni hal qilish bo‘yicha Rossiya-O‘zbekiston ishchi guruhlarining ishini faollashtirish lozim.
Kolokoltsev bu yo‘nalish bo‘yicha hamkorlikni MDH ishtirokchi davlatlari ichki ishlar vazirliklari Kengashi va ShHT mintaqaviy aksilterrorchilik tuzilmasi formatlarida ham davom ettirishni taklif qildi. Bundan tashqari, O‘zbekistonda huquq-tartibot faoliyati bo‘yicha Rossiya ichki ishlar vazirligining vakili lavozimini kiritish taklif qilindi. Ushbu taklif qo‘llab-quvvatlandi.
Xodimlarni tayyorlash masalasi muhokamasi vaqtida rossiyalik vazir o‘zbekistonlik hamkasblarining O‘zbekiston ichki ishlar vazirligi xodimlarini Rossiya ichki ishlar vazirligi ta'lim muassasalarida o‘qitish uchun kvotalar kiritish bo‘yicha istaklarini e'tiborga olishga va'da berdi va ikki davlat ichki ishlar vazirligi ta'lim muassasalarining pedagogik jamoalari va tinglovchilarining o‘zaro amaliyot o‘tash masalalarini ko‘rib chiqishni taklif qildi. Uning fikricha, "tajriba almashish o‘ta zarurdir".
Kolokoltsev Abdusalom Azizovni O‘zbekistonda ichki ishlar hududiy organlarining jamoatchilik tuzilmalari va aholi bilan ishlash bo‘yicha joriy qilingan yo‘nalish bilan tanishishga imkoniyat yaratgani uchun minnatdorlik izhor etdi. "Biz ham tumandagi bo‘g‘inlarni mustahkamlashga katta e'tibor qaratamiz. Qisqartirishlarga qaramasdan, 5 yil ichida bu bo‘linmalar xodimlari soni 55 foizdan 70 foizgacha ko‘paygan", deb qayd qildi Rossiya ichki ishlar vaziri.
Uchrashuvning yakunida ikki davlat ichki ishlar vazirliklari o‘rtasida 2017-2018 yillar uchun hamkorlik bayonnomasi imzolandi. Kolokoltsev bu bayonnoma amaliy mazmun bilan to‘ldirilishiga ishonch bildirdi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
Toshkentda YPX xodimi xizmat mashinasida mototsiklchi bilan poyga o‘ynadi
O‘zbekiston | 17:53 / 12.07.2025
Jar yoqasidagi soha: Muammolar ko‘rsatildi, vazirlar esa jim
O‘zbekiston | 16:43 / 12.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Salqinlikni saqlab qoling: yoz kunlarida xonadonda energiyani tejash bo‘yicha 10 maslahat
Jamiyat | 15:18
-
Eskalatorlar xavfsizligi to‘g‘risidagi texnik reglament tasdiqlanadi
O‘zbekiston | 15:05
-
Ayrim holatlarda xavfli pirotexnikadan foydalanishga ruxsat berilishi mumkin
O‘zbekiston | 15:00
-
Ekologik xavflilik toifalari 3 toifaga qisqartirildi
O‘zbekiston | 14:47
Mavzuga oid

11:56 / 18.06.2025
Isroilni mustaqil tark etmoqchi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolariga 2 ta yo‘nalish tavsiya qilindi

16:53 / 02.06.2025
«BAAdagi fuqarolarimizni tezlikda tekshiruvdan o‘tkazish uchun barcha imkoniyatlar safarbar etilgan» - TIV

14:57 / 02.06.2025
Yana o‘zbekistonliklar ajratildi: BAA aeroportida 100 dan ortiq O‘zbekiston fuqarolari ushlab turildi

19:47 / 13.05.2025