Jahon | 20:02 / 20.04.2017
4161
2 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyada 3,5 million dollar solingan jomadonni o‘g‘irlab ketishdi

Foto: AP

Yaponiyaning Kyusyu orolida joylashgan Fukuoka shahri politsiyasi ichida 380 mln yyen (3,5 mln dollar) bo‘lgan chamadonni o‘g‘irlagan 3 gumonlanuvchini qidirmoqda. Bosqinchilik 20 aprelda shaharning markaziy ko‘chalaridan birida kunduzi yuz bergan.

NHK telekanalining ma'lum qilishicha, chamadon egasi, shaharga xizmat safari bilan kelgan 29 yoshli erkak Mizuho banki bo‘limidan pullarni olib, ularni chamadonga joylagan. Erkak pullarni olib, mashinasi tomon ketayotganda uning yoniga niqoblarda bo‘lgan ikki erkak yugurib kelib, yuziga noma'lum suyuqlik purkashgan. So‘ng chamadonni tortib olib, oq mashinada qochib ketishgan.

Mutaxassislarning aytishicha, ichida buncha pul bo‘lgan chamadon 38 kg ga yaqinni tashkil qilishi kerak. Jabrlanuvchi Tokioda yashashini, pullarni esa biznes uchun olganini aytgan. 

Ayni vaqtda politsiya kuzatuv kameralaridagi yozuvlarni o‘rganmoqda va voqea guvohlarini so‘roq qilmoqda.

Politsiyaning fikricha, mamlakatda jinoyatchilik darajasi past bo‘lgani sabab, bu o‘g‘rilik tasodifan yuz bermagan. Taxmin qilinishicha, jinoyatchilar jabrdiyda yonida katta miqdorda pul bo‘lishini avvaldan bilib, uni poylab yurganlar.  

Mavzuga oid