Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Smartfon yordamida havoni tahlil qilish imkoni paydo bo‘ldi

Havoda nimalar borligini tushunish u qadar muhim emas, ko‘pchilikni birgina savol qiziqtiradi: respirator (nafas olish, ko‘rish va eshitish a'zolarini zaharli gaz hamda changdan saqlaydigan asbob) bilan himoyalanish vaqti kelmadimikan? O‘z sog‘lig‘i haqida qayg‘uradigan, turli qonunbuzarliklarni aniqlashni yoqtiradigan va shunchaki vahimachilar uchun Kremniy vodiysi startapi iPhone uchun eng oddiy va tushunarli Sprimo gaz tahlilchisini taklif qiladi. Uning Android versiyasi ham ishlab chiqilmoqda. Kickstarter shu haqidagi ma'lumot bilan bo‘lishdi.
Sprimo'ning hech qanday qiyin joyi yo‘q, shunchaki Lightning'ga ulanishning o‘zi kifoya. U iOS bilan aloqa o‘rnitilgani zahotiyoq avtomat ravishda ishga tushadi va atrof-muhit havosini tahlil qilishga kirishadi. Gadjyet uchuvchi organik birikmalarni aniqlab, ularning atmosferadagi konsentratsiyasini tahlil qiladi.
Organik kimyo bilan do‘stlashish yoki moddalarning murakkab nomlarini eslab qolishga hojat yo‘q, barchasi oddiy. iPhone ekranidagi indikatorning yashil rangi va kichik raqamlar - hammasi yaxshi ekanidan dalolat beradi. Sariq rang ogoh bo‘lishga sabab bo‘la oladi, qizil rang va katta belgilar tezkor choralar ko‘rish kerakligiga ishora qiladi. Foydalanuvchi vaziyatdan kelib chiqib harakat qilishi - tamaki chekishni to‘xtatishi, darhol xonani shamollatishi yoki qutqaruv xizmatiga qo‘ng‘iroq qilishi mumkin.
Foydalanuvchilar Sprimo jamiyati bilan ma'lumotlarni bo‘lishishlari maqsadga muvofiq, maqsad - shaharlar va hududlarda havoning ifloslanish xaritasini tuzish.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
Toshkentda YPX xodimi xizmat mashinasida mototsiklchi bilan poyga o‘ynadi
O‘zbekiston | 17:53 / 12.07.2025
Jar yoqasidagi soha: Muammolar ko‘rsatildi, vazirlar esa jim
O‘zbekiston | 16:43 / 12.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston hududiga juda issiq havo oqimi kirib keladi, Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 00:06
-
14 iyulda o‘tgan test sinovi natijalari e’lon qilindi
O‘zbekiston | 23:48 / 15.07.2025
-
Tramp Zelenskiy Moskvaga hujum qilmasligi kerakligini aytdi
Jahon | 23:36 / 15.07.2025
-
Google neyrotarmog‘i yutqazish qo‘rquvi sabab shaxmat o‘ynashdan bosh tortdi
Fan-texnika | 23:22 / 15.07.2025
Mavzuga oid

11:48 / 11.06.2025
O‘zbekistonda YaIM o‘sishi 6,7 foiz darajasida prognoz qilinmoqda

09:18 / 19.05.2025
Ko‘chmas mulk bozoridagi faollik aprel oyida barqaror tiklandi

20:10 / 11.03.2025
JSST: Har yili havo ifloslanishi oqibatida 7 millionga yaqin odam vafot etmoqda

12:54 / 04.03.2025