Pensiyani to‘la hajmda oladigan ishlovchi pensionerlar ro‘yxati kengaytirildi
Ishlovchi pensionerlarga pensiya to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizomga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi farmon e'lon qilindi, deb yozmoqda Norma.uz.
Endilikda to‘la hajmda pensiya olish huquqiga ega ishlovchi pensionerlar orasiga quyidagilar qo‘shildi:
1) Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi hamda uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar va shaharlardagi hududiy kengashlari raisi birinchi o‘rinbosarlari va o‘rinbosarlari;
2) O‘zbekiston faxriylar jamoatchilik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha «Nuroniy» jarg‘armasi barcha xodimlari;
3) Mudofaa vazirligining
• Qurolli Kuchlar Akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta'lim muassasalari o‘qituvchilari va ilmiy xodimlari;
• harbiy-akademik litseylar rahbarlari, ularning o‘rinbosarlari va o‘qituvchilari, shuningdek, boshlang‘ich harbiy tayyorgarlik akademik litseylari va professional kollejlari rahbarlari;
• harbiy-sanoat majmuasi tuzilmasiga kiruvchi korxonalarning boshqaruv va xizmat ko‘rsatish xodimlari sifatida mehnat faoliyatini olib boruvchi harbiy xizmatchilar.
4) Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Davlat bojxona qo‘mitasining
• Milliy xavfsizlik xizmati Instituti, Strategik tahlil va prognozlashtirish Oliy maktabi, maxsus tayyorgarlik O‘quv markazi, radioelektron tizimlar va axborot texnologiyalari Markazi, shuningdek fuqarolik mudofaasi Instituti, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va boshqa oliy harbiy bilim yurtlarining aholini tayyorlash hududiy markazlari o‘qituvchi va ilmiy xodimlari hamda boshqaruv tarkibi;
• respublika akademik litseylar va professional kollejlarining ma'naviy-marifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari va tarbiyachilari;
• harbiy-sanoat majmuasi tuzilmasiga kiruvchi korxonalarning boshqaruv va xizmat ko‘rsatish xodimlari tarkibidagi harbiy xizmatchilari va xodimlari.
Harbiylashtirilgan tuzilmalar vakillari pensiyaning 100 foiz hajmini, faqatgina bir vaqtning o‘zida boshqa joyda ishlamasalar oladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalgidek 100 foiz pensiyani quyidagi fuqarolar oladi:
a) nogironlar va urush qatnashchilari, shuningdek ularga tenglashtirilgan shaxslar;
b) Ikki jahon urushi yillarida front ortida harbiy vazifalarni bajargan yoki ishlagan shaxslar;
v) I va II guruh nogironlari;
g) Chernobil falokati oqibatida jabrlangan shaxslar.
d) fuqarolar yig‘inlari va mahallalar raislari;
ye) fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlarida diniy ma'rifat va ma'naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchi lavozimida ishlovchi ayol pensionerlar – yosh bo‘yicha pensiyani olganda.
Tavsiya etamiz
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yo‘llardagi kameralar faqat jarima yozishi emas, transport oqimini boshqarishi kerak – prezident
O‘zbekiston | 14:52
-
Axios: Isroil AQShni Eron bilan urushga qo‘shilishga chaqirmoqda
Jahon | 14:48
-
Alshaya Group O‘zbekistonda ilk savdo nuqtalarini ishga tushiradi
O‘zbekiston | 14:33
-
🔴LIVE: Ikki tomon ham to‘xtamoqchi emas. Isroil-Eron urushi – ekspertlar nazarida
Jahon | 14:24
Mavzuga oid

21:56 / 04.06.2025
Rossiyada migrantlar uchun ijtimoiy pensiyalarni bekor qilish taklif etildi

11:28 / 03.06.2025
Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar 10 foizga oshiriladi

23:06 / 01.06.2025
Germaniyada maktab o‘quvchilariga «erta pensiya» tayinlash taklifi ilgari surildi

10:03 / 31.05.2025