Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda eng ommabop bo‘lgan internet-provayderlar ma'lum
O‘zbekistonda internet tezligi va bu borada provayderlik xizmatlarini tashkil etuvchilar, ularning ko‘rsatayotgan xizmat sifatlari borasida muammolar borligi hech kimga sir emas. «Potrebiteli.Uz» sayti O‘zbekistonda qaysi internet provayderlar xizmati iste'molchilarning birmuncha bo‘lsa-da e'tirofiga sazovorligiga qiziqib ko‘rdi hamda O‘zbekistondagi internet-provayderlarining o‘ziga xos reytingini tuzib chiqdi.
Reytingni tuzishda 2016 yil yanvaridan 2017 yil fevraliga qadar Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi «Potrebitel.uz» guruhida qayd etilgan so‘rovlarga foydalanuvchilar tomonidan qoldirilgan izohlar va tavsiyalardan foydalanilgan.
Unga ko‘ra, o‘tgan bir yildan ortiqroq vaqt mobaynida guruhda 112 marta «yaxshi provayderni maslahat bering», degan mavzu muhokamaga tashlangan. Bunda, bu kabi murojaatlarga birinchi bo‘lib, «bizda yaxshi provayderlarni unuting» yoki «ularning barchasi bir» deya javob berishgan bo‘lsa, boshqalari o‘z provayderlarining sifatsiz xizmat ko‘rsatishidan nolishgan. Boshqalari g‘amgin memlar qo‘yib, «o‘zbek interneti haqidagi qissadan ko‘ra g‘amgin qissa bo‘lmasa kerak» deb ta'kidlashgan.
Albatta, maslahat berganlar va o‘zlari foydalanayotgan provayderlarni maqtaganlar ham bo‘lgan. Sifatli xizmatlarini taklif qilgan provayder vakillarining ham qaydlari ko‘zga tashlangan. Reyting tuzuvchilari iste'molchilar qaysi provayderni ko‘proq olqishlagani yoki tavsiya qilganini aniqlashgan. Shunday qilib, jami tavsiyalar soni 972tani tashkil etgan. Olingan ma'lumotlardan reyting jadvali tuzib chiqildi.
Shunday qilib, Potrebitel.uz tasnifiga ko‘ra, Turon Telecom, Sarkor, Uzonline eng yaxshi provayderlar deb topildi. Quyida ushbu reyting natijasi bilan tanishish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Kun.uz tahririyati ham 2016 yilda O‘zbekistondagi internet provayderlar faoliyatiga doir o‘z so‘rovini o‘tkazgan edi.
So‘rovnoma: Iste'molchilar O‘zbekistondagi internet sifatiga baho berishdi
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Uch qahramon» bozorida yirik yong‘in sodir bo‘ldi (video)
Jamiyat | 05:42
-
Tramp uysizlarni Vashington tashqarisiga chiqarib yubormoqchi
Jahon | 01:25
-
AQShda Labubu qo‘g‘irchoqlari o‘g‘rilar nishoniga aylanmoqda
Jahon | 01:11
-
Polshada YeI pullari yaxtalar va saunalar uchun sarflangani aytilmoqda - Bryussel izoh talab qildi
Jahon | 00:48
Mavzuga oid

15:05 / 10.07.2025
Ish va hayot balansi eng yaxshi bo‘lgan davlatlar reytingi tuzildi

12:17 / 28.06.2025
Rossiyada provayderlar ochiq internetga kirishni sekinlashtiryapti

15:47 / 27.06.2025
Fitch O‘zbekiston suveren reytingini «BB-»dan «BB»ga o‘zgartirdi

10:33 / 23.06.2025