Jamiyat | 20:09 / 05.03.2017
18765
1 daqiqa o‘qiladi

BAAda 2 styuardessa hamkasbini ishdan haydatish uchun olingan fotosurat tufayli jazolandi

Birlashgan arab amirliklaridagi aviakompaniyalardan birining (aviakompaniya nomi aniq keltirilmagan) ikki nafar styuardessasiga 6 oydan shartli qamoq jazosi belgilandi. Khaleej Times xabariga ko‘ra, ular parvoz vaqtida o‘z hamkasblaridan birini uxlayotgan chog‘ida suratga olgani uchun jazolangan.

Sud ayollarni hamkasbning shaxsiy hayotiga daxl qilishda ayblagan va ularning har biriga 1,5 yildan qamoq jazosini hukm qilgan. Ammo Abu Zobidagi apellyatsiya sudi qamoq jazosini shartli qamoq jazosiga almashtirib, muhlatni kamaytirgan.

Ma'lum qilinishicha, Abu Zobidan Janubiy Afrikaga reysni amalga oshirgan samolyot styuardessalari uxlayotgan hamkasbi suratini olib, uni kompaniya rahbariyatiga ko‘rsatishgan, shundan so‘ng bu xodim o‘z vazifasini bajarishda mas'uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygani uchun ishdan haydalgandi.

Mavzuga oid