Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganda o‘zganing fotosuratlarini internetda tarqatishini aytib pul talab qilgan shaxs ushlandi
Gumondor jabrlanuvchining Telegram akkauntiga ikkinchi foydalanuvchi sifatida qo‘shilib olib, uning rasmlarini tarqatmaslik evaziga pul so‘ragan.
Namangan viloyatida o‘zganing fotosuratlarini internetda tarqatishini aytib fuqarodan pul talab qilgan shaxs ushlangan. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Andijon viloyatida yashovchi J.D. IIBga murojaat qilib, o‘zining boshqalarga ko‘rsatib bo‘lmaydigan rasmlarini Telegram’da tarqatib yubormaslik evaziga noma’lum shaxs 17 mln so‘m talab qilayotganini ma’lum qilgan.
Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Namangan viloyatida yashovchi R.O. sodir etgani aniqlangan.
Gumonlanuvchi R.O., jabrlanuvchi J.D. tomonidan avval foydalanilgan va hozirda Telegram messenjeri faol bo‘lgan telefon raqamini sotib olgan.
So‘ng jabrlanuvchining Telegram akkauntiga yashirin tarzda ikkinchi foydalanuvchi sifatida ulanib, 17 mln so‘m bermasa akkauntdagi rasmlarini tarqatib yuborish bilan qo‘rqitgan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan R.O.ga nisbatan Jinoyat kodeksning 165-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid

21:42 / 14.07.2025
Bank kartalardan 1 mlrd so‘mga yaqin pullarni o‘zlashtirgan jinoiy guruh qo‘lga olindi

19:42 / 12.07.2025
Durov muvaffaqiyatli kompaniya tashkil qilishning asosiy shartini aytdi

09:39 / 01.07.2025
Namanganda qalbaki valuta sotuvchilar qo‘lga olindi

20:36 / 28.06.2025