Moskva bosh ravvini musulmonlardan uzr so‘radi (video)

Chechen respublikasi rahbari Ramzan Qodirov o‘z instagramida yangi video taqdim etdi. Unda Yevropa ravvinlar kengashi raisi va Moskva bosh ravvini Pinxas Goldshmidt musulmonlardan uzr so‘ragani aks etgan. Gap shundaki, u RIA "Novosti"ga bergan intervyusida dunyodagi terrorchilarning 99 foizi Muhammad diniga mansub ekanini aytgan.
Goldshmidtning izohlashicha, uning so‘zlari "Trampning AQShga musulmonlarning kirishini taqiqlovchi yangi farmoni konteksti"da aytilgan. U umumiylashtirishni jamiyatning eng asosiy muammolaridan biri deb hisoblab, "radikal va haqiqiy Islomni farqlash"ga chaqirgan. Ravvin o‘z fikrini bildirishda ehtiyotsizlikka yo‘l qo‘yganini tan olib, so‘zlari ranjitishi mumkin bo‘lgan mo‘minlardan uzr so‘ragan.
Bundan avval Rossiya musulmonlar ma'naviy kengashi muftiysi va Federal jamoatchilik palatasi a'zosi Albir Krganov ham Goldshmidtdan uzr so‘rashni talab qilgan. Islam news axborot agentligiga bergan izohida u ravvinning so‘zlarini hissiy bayonot, aqlsizlik va mo‘minlarni haqorat qilish deb hisoblashini aytgan.
Goldshmidtning uzr so‘ragan videosini taqdim etgan Qodirov "OAV ko‘pincha suhbat mohiyatini buzib, siyosatchi va diniy arbobni keskin bayonotlar bildirishga majbur qilishi va ikkinchi darajali narsalarni oldingi planga olib chiqishini" ta'kidlagan.

Tavsiya etamiz
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
Hozirda sirtqi ta’limda o‘qiyotganlar o‘qishini qay tartibda davom ettiradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 17.06.2025
Qo‘rquv, shok va sarosima: Eronda nimalar bo‘lmoqda?
Jahon | 19:57 / 16.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Belarus demokratik kuchlari YeI qo‘mitasi bilan memorandum imzoladi
Jahon | 13:35
-
Putin: Rossiya va O‘zbekiston migratsiya masalalarini birgalikda hal qiladi
Jahon | 13:25
-
Istanbulda qidiruvdagi ayol qo‘lga olinib, O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi
Jamiyat | 13:24
-
Eron Isroil razvedka markaziga zarbalar berdi. Isroil esa Arakdagi yadroviy reaktorni nishonga oldi
Jahon | 12:55
Mavzuga oid

20:04 / 08.05.2025
Putin Ramzan Qodirovning iste’foga chiqishiga ruxsat bermadi

11:42 / 07.05.2025
Ramzan Qodirov iste’fo so‘rashi haqida gapirib, keyin «uni noto‘g‘ri tushunishgani»ni aytdi

15:50 / 22.04.2025
«BAAda o‘limga hukm qilingan o‘zbekistonliklar jazosini yengillatish borasida harakatlar olib borilyapti» – TIV

08:29 / 09.04.2025