Sport | 22:58 / 12.02.2017
6007
2 daqiqa o‘qiladi

«Lester» sho‘ng‘ishda davom etadi, navbatdagi bekat «xavfli hudud»

Angliya chempionatining 25-turi doirasidagi yana bir uchrashuv «Lester»  va «Suonsi» o‘rtasida kechdi. Uelsga safar qilgan amaldagi chempionlar navbatdagi mag‘lubiyatni qabul qilib oldi.

O‘yinning 36-daqiqasida mezbonlar himoyachisi Alfi Mouson hisobni ochdi, birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda Sigurdsonning pasini yana bir himoyachi Martin Olsson golga aylantirdi - 2:0.

Shu hisob o‘yinda saqlanib qoldi.

Raneri shogirdlari joriy yil hisobida APLda g‘alaba qozonmadi. «Lester» joriy yilda «Chelsi» (0:3), «Sauthempton» (0:3), «Byornli» (0:1), «MYu» (0:3) va «Suonsi» (0:2) hisoblarini qayd etdi. Jamoa APLda 540 daqiqadan buyon gol ura olmayapti.

Amaldagi chempionlarni «xavfli hudud»dan 1 o‘rin va 1 ochko ajratib turibdi.

Endilikda «Lester» 16-o‘rindan 17-o‘ringa tushdi (21 ochko), «Suonsi» 17-o‘rindan 15-o‘ringa chiqdi (24 ochko).  

Suonsi – Lester 2:0
Gollar: 1:0 – 36 Mouson, 2:0 – 45 Olsson.
Suonsi – Fabianski, Fernandes, Olsson, Noton, Mouson, Kerroll, Kork, Dayyer (Rautledj, 7), Fer, Sigurdsson, Lorente (Ayyu, 72).
Lester – Shmeyxel, Hut, Fuks (Chiluell, 46), Simpson (Amarti, 70), Morgan, Grey, Ndidi, Olbrayton (Slimani, 46), Drinkuoter, Marez, Vardi.
Ogohlantirishlar: Fer (26), Hut (36), Kork (40), Chiluell (57).

Mavzuga oid