Jahon | 10:47 / 28.12.2016
5820
2 daqiqa o‘qiladi

Abe: Yaponiya va AQSh ittifoqi yarashuv kuchini namoyish qiladi

Foto: Reuters

Ikkinchi jahon urushida ashaddiy dushmanlar bo‘lgan Yaponiya va AQShning ittifoqi yarashuv kuchini namoyish qiladi, deb aytdi Perl-Xarbordagi anjumanda Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe.

"Perl-Xarbor vaqtidan beri 75 yil o‘tdi. O‘zaro qaqshatqich jang qilgan Yaponiya va Amerikani mustahkam va chuqur ittifoqchilik aloqalari bog‘ladi. Bu ittifoq murakkabliklarni yengish uchun qaratilgan, u ertangi kunni ochadi, bu "umid ittifoqidir". Bizni bir-biriga nisbatan sabr-toqatlilik ruhi birlashtirdi. Men prezident Obama bilan bu yerda, Perl-Xarborda dunyo odamlarini yarashuv kuchiga da'vat qilaman. Adovat o‘tdi, bizni umumiy qadriyatlar birlashtirdi. Yaponiya do‘stlik va ishonchni tarbiyalagan va aynan hozir sabr-toqatlilikning muhimligini dunyoga yetkazishi kerak", deb aytgan Yaponiya bosh vaziri. 

Abe Perl-Xarborga tashrif buyurgan birinchi yapon bosh vaziri bo‘ldi. Joriy may oyida Obama Xirosimaga kelgan AQShning birinchi amaldagi prezidenti bo‘lgandi. 

Abe Yaponiya aviatsiyasi 1941 yil 7 dekabrda Perl-Xarborga hujum qilishi uchun uzr keltirmadi. Bu hujum AQShning Ikkinchi jahon urushiga kirishiga va Tinch okeanida urush boshlanishiga sabab bo‘lgan.

 

Mavzuga oid