Tramp ittifoqchilarga Rossiya g‘alaba qozonishiga ishonchi komilligini aytdi – OAV
Bu yevropaliklarda AQSh tinchlik kelishuviga erishish bo‘yicha o‘z majburiyatidan voz kechishni rejalashtirayotgani haqida xavotir uyg‘otgan.

Foto: AP
Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh prezidenti Donald Tramp bilan suhbat chog‘ida vaqtdan yutishga harakat qildi va buni uddaladi. Chunki suhbatdan keyin Tramp o‘t ochishni to‘xtatish talablari va sanksiyalar tahdididan voz kechayotganiga ishora qildi, deb yozdi Bloomberg.
Tramp va uning ittifoqchilari o‘rtasidagi yopiq eshiklar ortida bo‘lib o‘tgan muzokaralardan xabardor odamlarning so‘zlariga ko‘ra, AQSh prezidenti Rossiyaning g‘alaba qozonishiga ishonchi komil ekanini ochiq aytgan va Kremlning bir qator tezislarini takrorlagan. Bu yevropaliklarda AQSh tinchlik kelishuviga erishish bo‘yicha o‘z majburiyatidan voz kechishni rejalashtirayotgani haqida xavotir uyg‘otgan.
«Tramp Zelenskiyni, ayniqsa, Oval kabinetda bir necha bor tanqid qilgan edi. Ammo Putinga bosim o‘tkazmadi, bu agar Putin o‘t ochishni to‘xtatishdan bosh torsa, qo‘shimcha sanksiyalar bilan tahdid qilishdan bosh tortganidan dalolatdir», deyiladi maqolada.
Londondagi Qirollik mudofaa tadqiqotlari instituti katta ilmiy xodimi Jyek Uotling so‘zlariga ko‘ra, diplomatik chekinish Putinga qo‘l keladi.
«Rossiya operatsiyalarni cheksiz davom ettira olmaydi, ammo hozircha Moskva Ukrainaga ta’siri vaqt o‘tishi bilan kuchayishiga ishonmoqda. Va Tramp muzokaralardan chiqishiga qattiq shama qilar ekan, Rossiya harbiylari o‘z amaliyotlarini kuchaytirish niyatida», dedi u.
Bu holatlar Kiyevda chuqur xavotir uyg‘otmoqda, chunki uning ittifoqdoshlari orasida faqat Vashington Putinni urushni tugatishga majburlash qudratiga ega. Ukrainaning Patriot havo mudofaa tizimlaridan tortib Starlink razvedkasigacha bo‘lgan AQSh harbiy yordamiga bog‘liqligi haqida gapirmasa ham bo‘ladi.
Biroq, Uotling so‘zlariga ko‘ra, urush davom etar ekan, Kreml ham qiyin tanlovlar oldida turibdi.
«Rossiya hujumlarni 2026 yilda ham davom ettirsa, siyosiy va iqtisodiy jihatdan qiyin bo‘lgan qo‘shimcha majburiy safarbarlikka muhtoj bo‘ladi», dedi u.
Putinning mantig‘ini «Milliy mudofaa» jurnali bosh muharriri Igor Korotchenko aytdi. U Rossiya yana qaysi hududlarni qo‘lga kiritishidan qat’i nazar, «muzokaralarda o‘z pozitsiyasini obektiv ravishda mustahkamlashini» ta’kidladi.
Tavsiya etamiz
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
“Saviyasiz millat o‘zini o‘zi yo‘q qiladi” – Qozoqboy Yo‘ldoshev
Jamiyat | 15:21 / 01.06.2025
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yaponiyalik olimlar barcha guruhlarga mos keladigan qonni ishlab chiqdi
Jahon | 21:43
-
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12
-
Ukraina «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasiga oid yangi kadrlarni namoyish etdi
Jahon | 21:09
-
“Kilosini 20 ming so‘mdan sotardim” – eshak go‘shti sotib kelgan yigit iqrori
Jamiyat | 21:03
Mavzuga oid

21:12
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi

21:09
Ukraina «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasiga oid yangi kadrlarni namoyish etdi

20:34
«Nimani gaplashamiz?» – Putin Kiyev bilan oliy darajada muzokaralar o‘tkazish imkoniyatini rad etdi

18:19