Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
TTZda yangi bozor qurilishi va Mirzo Ulug‘bek tumanidagi boshqa obodonlashtirish ishlariga 900 mlrd so‘m ajratiladi

Foto: Uz24
O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 12 dekabrdagi qarori bilan Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumani kompleks rivojlantirish dasturi tasdiqlangandi. Dasturda tumanning arxitekturaviy qiyofasini o‘zgartirish va ijtimoiy infratuzilmasini yaxshilash ko‘zda tutilgan.
Dastur o‘z ichiga quyidagilarni olgan:
- oziq-ovqat va nooziq-ovqat iste'mol tovarlari, shuningdek zamonaviy qurilish materiallari ishlab chiqarish bo‘yicha ishlab chiqarish quvvatlarini yangidan qurish, modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash bo‘yicha investitsiya loyihalarining manzilli ro‘yxati (umumiy qiymati 121 125,3 ming dollarlik 3 086ta ish o‘rinlari tashkil etiladigan 108ta loyiha);
- importning o‘rnini bosadigan raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etishni nazarda tutuvchi ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihalari ro‘yxati (alohida pozitsiyalar bo‘yicha 93 foizgacha mahalliylashtirishning prognoz darajasi bilan jami 22ta loyiha);
- xizmatlar sohasini va servis infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihalari ro‘yxati (umumiy qiymati 142 645,2 ming dollarlik 1 527 ta ish o‘rinlari tashkil etiladigan jami 108 ta loyiha);
- maktabgacha va umumiy o‘rta, o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta'limi, sog‘liqni saqlash, madaniyat va san'at obektlarini kapital ta'mirlash va rekonstruksiyalashni ko‘zda tutgan ijtimoiy infratuzilmani yanada takomillashtirish bo‘yicha investitsiya loyihalari ro‘yxati;
- me'moriy qiyofani o‘zgartirish, muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini jadal qurish dasturining asosiy parametrlari;
Dasturga muvofiq, Muhammad Yusuf ko‘chasi bo‘ylab mavjud ikki qavatli uylarni buzish hisobiga yer osti avto turargohi hamda ijtimoiy va savdo obektlari bo‘lgan 30ta ko‘p qavatli uy quriladi. «Gazeta.uz» ma'lumotiga ko‘ra, ushbu loyihaning yakuniy qiymati — 250 mlrd so‘m. Ushbu ko‘cha bo‘ylab qiymati 5 mlrd so‘m bo‘lgan yetti qavatli uy ham barpo etiladi. 2017 yilda Parkent ko‘chasida 20 ta ko‘p qavatli uy quriladi, loyiha 160 mlrd so‘mga baholangan.
Asaka, Mustaqillik, Oqqo‘rg‘on ko‘chalari, Mirzo Ulug‘bek shoh ko‘chasi, Ts-1 va «Feruza» mavzelari, Qalandar va Sayram, G‘ulomov va Borodinskiy, Shahrisabz va Mustaqillik, Lashkarbegi va Riyoziy ko‘chalari kesishmalarida — jami 17 ga yaqin loyiha bo‘yicha turar-joy binolari barpo etilishi kutilmoqda.
Tumanning me'moriy qiyofasini o‘zgartirish doirasida Buyuk ipak yo‘li va Gulsanam ko‘chalari kesishmasida kelgusi yilda qiymati 9 mlrd so‘m bo‘lgan «Navro‘z dehqon bozori» bozori quriladi. Bozor hududi 1,68 gektar maydonni o‘z ichiga oladi.
Tuman aholisi uchun yangi sayr zonasi barpo etiladi. 2018 yilga qadar Salor anhori yoqasi obodonlashtirilib, xiyobon barpo etiladi. Mazkur maqsad uchun 5 mlrd so‘mlik bank kreditlari ajratiladi.
Olti mahalla uch yil davomida yangi guzarga (madaniyat markazi) ega bo‘ladi, 17 ta guzar rekonstruksiya qilinadi, 13 tasi kapital ta'mirlanadi. Mazkur loyihalar uchun 4 mlrd so‘mdan ko‘proq mablag‘ yo‘naltiriladi.
Tuman ahamiyatiga ega qariyb 100 ta ko‘cha 5,3 mlrd so‘mga, ichki mavze yo‘llarining 52 ta uchastkasi 5,8 mlrd so‘mga ta'mirlanadi. Tumandagi barcha ko‘chalarga 12,1 mingta yangi energiya tejovchi chiroqlar o‘rnatiladi.
Bundan tashqari, homiylarning 5 mlrd so‘mdan ziyodroq mablag‘lari hisobidan «Oltintepa» masjidi rekonstruksiya qilinadi.
Shuningdek, tumanning yo‘l-transport infratuzilmasini, irrigatsiya va suv ta'minoti tizimini rivojlantirish va modernizatsiyalash hamda mahallalarni obodonlashtirish bo‘yicha ishlar ko‘zda tutilgan.
Dasturni amalga oshirish uchun jami 900 mlrd so‘m ajratiladi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Mo‘ynoqdagi konda gaz sizib chiqishi ro‘y berdi
O‘zbekiston | 11:35
-
Isroil BMTning gumanitar yordamini G‘azoga yetkazish uchun yo‘laklar ochishga va’da bermoqda
Jahon | 09:57
-
“Yangi loyihalarda Eron va Rossiyaning ishtiroki kamayib, turkiylarning ahamiyati ortib boryapti” – siyosatshunos
Jahon | 09:02
-
Andijondagi fabrika oqova suvlari bilan kanalni ifloslantirdi
Jamiyat | 23:09 / 26.07.2025
Mavzuga oid

21:45 / 28.05.2025
Toshkentdagi ko‘chalardan biri 30 maygacha yopiladi

18:07 / 22.05.2025
Toshkentdagi ko‘chalardan biri 24 maygacha yopildi

18:29 / 09.04.2025
Britaniyada ma’lumotlar tahlili asosida «qotilliklarni bashorat qiluvchi» tizim ishga tushiriladi

15:31 / 24.03.2025