Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyada ma’lumotlar tahlili asosida «qotilliklarni bashorat qiluvchi» tizim ishga tushiriladi
Mamlakat Adliya vazirligi ushbu tizim orqali potensial qotillarni aniqlash fuqarolarni himoya qilishga yordam beradi, deb hisoblamoqda.

Foto: REUTERS
Qandaydir sabablarga ko‘ra, huquq-tartibot organlari e’tiboriga tushgan shaxslarning shaxsiy ma’lumotlarini maxsus algoritmlar yordamida o‘rganish, ularning qaysi biri qotilik sodir etishga qodirligini oldindan aniqlash imkonini beradi. Buyuk Britaniya Adliya vazirligi «qotilliklarni bashorat qilish» deya ta’riflanayotgan shu kabi dasturni ishga tushirmoqda, deb xabar beradi The Guardian nashri.
Qayd etilishicha, mazkur loyihaga sobiq bosh vazir Rishi Sunak hukumati davrida start berilgan. Bunday dastur mavjudligidan xabar topgan Statewatch inson huquqlari tashkiloti axborot erkinligi to‘g‘risidagi qonunga muvofiq hukumatga tegishli so‘rov yuborgan.
Dastur pasport ma’lumotlari bilan birga shaxsning sog‘lig‘i, ehtimoliy qaramliklari, nogironlik mavjudligi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar yoki tibbiyot muassasalarida hisobda turishi, har qanday huquqbuzarliklar bo‘yicha qo‘lga olish holatlari soni, jinoiy ishlar soni, qurol saqlash holatlari, tajovuzkor xatti-harakatlari, boshqa fuqarolarni ta’qib qilish holatlari, o‘ziga yetkazilgan shikastlanishlariga oid ma’lumotlarini ham tahlil qiladi.
Bundan tashqari, algoritmlar jinoyatlar yoki maishiy zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslarning shaxsiy ma’lumotlarini, shuningdek, ularning birinchi marta politsiyadan yordam so‘ragan yoshini ham tahlil qiladi.
Adliya vazirligi potensial qotillarni aniqlash fuqarolarni himoya qilishga yordam beradi, deb hisoblamoqda va dastur faqat ilmiy-tadqiqot maqsadida amalga oshirilayotganini ta’kidlagan. Biroq mutaxassislar bu dasturni «qo‘rqinchli va noxush» deb atab, shunga o‘xshash oldingi «bashorat qiluvchi» tizimlar kutilgan natijani bermagani, aksincha, irqiy va moliyaviy ahvol asosida kamsitishlarni kuchaytirganini eslatib o‘tgan.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Chelsi» finalda dahshatli «PSJ»ni yirik hisobda yengdi
Sport | 02:13
-
Yannik Sinner Alkarasni mag‘lub etdi va birinchi marta Uimbldon g‘olibiga aylandi
Sport | 00:44
-
Fransiyada mahbus sumka ichiga yashirinib, qamoqxonadan qochib ketdi
Jahon | 23:47 / 13.07.2025
-
Nigeriya sobiq prezidenti Muhammad Buxoriy vafot etdi
Jahon | 23:01 / 13.07.2025
Mavzuga oid

22:37 / 13.07.2025
Britaniyada samolyot havoga ko‘tarilish vaqtida halokatga uchradi

22:19 / 10.07.2025
Fransiya va Britaniya yadroviy tiyib turish to‘g‘risidagi bitimni imzoladi

18:08 / 10.07.2025
7 sentabrda Britaniya aholisining barcha smartfonlari bir vaqtda jiringlaydi

14:14 / 10.07.2025