Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston IIV saylov arafasida xavfsizlik choralarini kuchaytiradi

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi prezident saylovi arafasida xavfsizlik choralarini kuchaytirmoqda. Bu haqda IIVning Inson huquqlarini himoya qilish va yuridik ta'minlash boshqarmasi boshlig‘i Ilhom Turg‘unovga asoslanib RIA Novosti xabar qilgan.
Prezident saylovlari 4 dekabr kunida bo‘lib o‘tadi. Markaziy saylov komissiyasi ma'lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston prezidenti saylovini o‘tkazish uchun 9378ta saylov uchastkasi tuzildi, ularda 21,435 million nafar saylovchi ovoz berishi kutilmoqda. O‘zbekistonda rasman faoliyat ko‘rsatuvchi 4 partiyaning barchasi saylovlarda ishtirok etish uchun ko‘rsatgan nomzodlar ro‘yxatga olingan.
"Saylov okruglari va uchastkalarida xavfsizlikni ta'minlash maqsadida ichki ishlar xodimlari, avtotransport, aloqa va boshqa texnik vositalar yetarlicha miqdorda ajratildi. Saylov uchastkalariga yong‘in haqida avtomatik ogohlantiruvchi tizimlar o‘rnatildi", — degan Turg‘unov.
U eslatib o‘tganki, O‘zbekiston MSK saylov varaqalari va byulletenlarini hamda ovoz berish natijalari haqidagi bayonnomalarni tashishda xavfsizlikni ta'minlashni IIV zimmasiga yuklagan.
"Mazkur hujjat asosida IIV va uning mahalliy bo‘linmalari tomonidan saylov vaqtida jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta'minlash, turli noxush holatlar oldini olish borasida tegishli ishlar olib borilmoqda", — deya qo‘shimcha qilgan u.
Tavsiya etamiz
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda daraxtlarni kesishga cheklov bekor qilinishi kerak - tadbirkor Murod Nazarov
O‘zbekiston | 22:53
-
Eron prezidenti avtomobili o‘chib qolganidan keyin taksi chaqirishga majbur bo‘ldi
Jahon | 22:51
-
“Yoshartiruvchi muolaja” - vaqtinchalik taskin: teri salomatligi aslida nimaga bog‘liq?
Jamiyat | 22:33
-
Aholi tashabbuslari uchun maydon, ekologik inspektorlarning kaltaklanishi, YPX xodimining qahramonligi, Toshkentdagi UzFace tizimi – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:26
Mavzuga oid

10:38 / 24.02.2025
Germaniyada parlament saylovlari. Konservativlar birinchi o‘rinni egalladi

12:11 / 24.01.2023
O‘zbekistonda ichki ishlar organlari ustidan jamoatchilik nazorati o‘rnatiladi

15:47 / 18.10.2021
MSK 3 kun davomida qancha saylovchi muddatdan avval ovoz berganini ma'lum qildi

12:39 / 18.10.2021