Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
MSK 3 kun davomida qancha saylovchi muddatdan avval ovoz berganini ma'lum qildi

Foto: Kun.uz
14–17 oktabr kunlari davomida 89 798 nafar saylovchi O‘zbekiston prezidenti saylovida muddatidan oldin ovoz berish jarayonlarida qatnashdi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi xabar berdi.
Saylov uchastkalarida saylov kuni o‘z yashash joyida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmagan saylovchilar uchun muddatidan oldin ovoz berishni 20 oktyabrga qadar davom etadi. O‘zbekistondagi saylov uchastkalarida muddatidan oldin ovoz berish vaqtini soat 9:00 dan soat 19:00 ga qadar, chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalar huzurida tuzilgan saylov uchastkalarida muddatidan oldin ovoz berishni ushbu saylov uchastkalari joylashgan yerdagi mahalliy vaqt bilan soat 9:00 dan soat 19:00 ga qadar amalga oshirilishi belgilangan.
MSK ma'lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistondagi saylovchilar soni qariyb 21,2 million kishini tashkil qiladi.
Saylov kodeksining 57-moddasiga ko‘ra, saylov kuni o‘z yashash joyida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmagan saylovchi muddatidan oldin ovoz berish huquqiga ega bo‘ladi.
«Muddatidan oldin ovoz berishni amalga oshirish uchun saylovchi saylov kunida bo‘la olmasligining sabablari (ta'til, xizmat safari, xorijga chiqish va hokazo) ko‘rsatilgan ariza asosida tegishli uchastka saylov komissiyasidan saylov byulletenini oladi. Saylovchi saylov byulletenini olganligi haqida tegishli uchastka komissiyasining kamida ikki nafar a'zosi hozirligida saylovchilar ro‘yxatiga imzo qo‘yadi.
Saylov byulleteni maxsus jihozlangan yashirin ovoz berish kabinasida yoki xonasida saylovchi tomonidan to‘ldiriladi», – deyiladi qonunchilikda.
20 sentyabrdan boshlangan targ‘ibot tadbirlarida 5 ta partiyadan prezidentlikka nomzodlar qatnashmoqda. Ertaga 19 oktabr kuni O‘zbekiston prezidentligiga nomzodlarning ishonchli vakillari o‘rtasida teledebat o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – Muslim friendly formatida dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
Andijondagi fabrika oqova suvlari bilan kanalni ifloslantirdi
Jamiyat | 23:09 / 26.07.2025
-
iPhone va avtosug‘urtada yangi narxlar, Navoiyda qalin smog - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:40 / 26.07.2025
-
Yaponiya ayollarning umr ko‘rish davomiyligi bo‘yicha navbatdagi rekordni o‘rnatdi
Jahon | 22:38 / 26.07.2025
Mavzuga oid

10:38 / 24.02.2025
Germaniyada parlament saylovlari. Konservativlar birinchi o‘rinni egalladi

18:37 / 17.11.2024
Hududlardan saylangan senatorlar e’lon qilindi

15:54 / 19.08.2024
“Aralash tizim partiyalarni faollashtirishidan umidvormiz” - MSK vakili

15:47 / 26.03.2024