AQShning Sietl shahrida Toshkent sharafiga nomlangan bog‘ restavratsiyadan so‘ng qaytadan ochildi

Foto: anons.uz
AQShning Sietl shahridagi Kapitoliy tepaligida joylashgan «Toshkent» bog‘ining restavratsiyadan so‘ng qaytadan ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. «Jahon» AA xabariga ko‘ra, bu bog‘ O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi tomonidan «Sietl–Toshkent» birodar shaharlar uyushmasi ko‘magida tashkil etilgan.
Ochilish tadbirida Sietl ma'muriyati hamda birodar shaharlar uyushmasi rahbariyati, Vashington shtati universiteti va shahar aholisi vakillari qatnashgan. Tadbir O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov xotirasiga sukut daqiqasi bilan boshlangan.
O‘z chiqishida «Sietl–Toshkent» birodar shaharlar uyushmasi raisi S. Pekston tadbir mezbonlari va ishtirokchilari nomidan Islom Karimovning vafoti munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga hamdardlik bildirgan. Pekston xonim birinchi prezidentning mamlakat suverenitetini mustahkamlashda va siyosiy-iqtisodiy yo‘nalishini shakllantirishda, shuningdek, Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni ta'minlashda tutgan muhim o‘rnini ta'kidlab o‘tgan.
Uyushma rahbari bog‘ning tarixiy ahamiyati haqida gapira turib, uning tashqi ko‘rinishini yaxshilash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralarga to‘xtalib o‘tgan. Xususan, u restavratsiya natijasida bog‘ning yo‘l infrastrukturasi yangilangani va obodonlashtirish ishlari yakunlanganini ta'kidlagan.
Pekston xonim uyushmaning o‘zbekistonlik sheriklar bilan muloqotni mustahkamlab borish, shuningdek, O‘zbekiston bilan konstruktiv ruhdagi hamkorlikni davom ettirish niyatini izhor etgan va «Sietl–Toshkent» yo‘nalishida O‘zbekiston bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlikni yuqori baholagan.
O‘z navbatida, Sietl shahri meri o‘rinbosari X. Kim ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash yo‘lida olib borilayotgan ishlarga to‘xtalib o‘tgan.
«Shahrimizdagi «Toshkent» bog‘i nafaqat sheriklik munosabatlarining tarixiy bosqichi ramzi, balki ikki davlat va xalq munosabatlarining samarador hamkorligi natijasi hamdir», — deya ta'kidlagan Kim xonim.
Ochilish marosimida Sietlning sobiq meri U. Ulman hamda Vashington shtati universiteti professori I. Sirtautas ham chiqish qilgan.
Marosim ishtirokchilariga O‘zbekistonda turli sohalarda ro‘y berayotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlar to‘g‘risida batafsil ma'lumotlar berilgan.
Bog‘ni restavratsiya qilish bo‘yicha loyihaning bosh maqsadi sersoya daraxtlar yordamida bog‘ manzarasini yaxshilash edi. Unda Life, Love, Time and Game yodgorligi atrofiga qo‘shimcha maydon qurilgan va o‘rindiqlar o‘rnatilgan.
Bog‘ 1980 yillar oxirida barpo etilgan va Sietlga qardosh bo‘lgan Toshkent shahri sharafiga nomlangan edi. Shaharlarni qardosh qilish to‘g‘risidagi bitim 1973 yilda imzolangan.
Tavsiya etamiz
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
“Saviyasiz millat o‘zini o‘zi yo‘q qiladi” – Qozoqboy Yo‘ldoshev
Jamiyat | 15:21 / 01.06.2025
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” Qurbon hayiti sharafiga aksiya e’lon qildi – 50% gacha chegirma
Jamiyat | 17:00 / 02.06.2025
-
Jismoniy faollik saratondan o‘lim xavfini 30 foizga kamaytiradi - tadqiqot
Fan-texnika | 01:29
-
Rossiyada o‘zbekistonlik ishchining boshiga ichida sement bo‘lgan chelak tashlab yuborildi
Jahon | 00:44
-
Qurbon hayiti munosabati bilan qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekiston | 00:17
Mavzuga oid

18:17 / 16.04.2025
Toshkentdagi Hazrati Imom majmuasi restavratsiya qilinadi

14:14 / 19.03.2024
Eron O‘zbekistondagi madaniy meros obektlari restavratsiyasida qatnashmoqchi

14:45 / 06.09.2023
Toshkent va Sietl birodarligiga 50 yil to‘ldi

08:13 / 25.08.2023