Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev «Ichki ishlar organlari to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi

O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev 2016 yil 16 sentabrda «Ichki ishlar organlari to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi. Oliy Majlis qonunchilik palatasi 12 avgustda, Senat 24 avgustda mazkur qonunni qabul qilgan edi.
17 sentabrda OAVda e'lon qilingan qonun 6 oydan so‘ng kuchga kiradi.
Mazkur qonun ichki ishlar organlari tizimi va tuzilmasi, ularning huquqi, majburiyatlari va vakolatlari, xodimlariga qo‘yiladigan talablarga oydinlik kiritadi. Bundan tashqari, ularning huquqiy va ijtimoiy himoyasiga oid masalalar hal etilgan.
Qonunda ichki ishlar organlari faoliyatining asosiy vazifalari, yo‘nalishi va qoidalari mustahkamlangan. Ularning zimmasiga fuqarolarning huquq, erkinlik va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, jamoat tartibi va xavfsizligini ta'minlash, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini muhofaza qilish vazifalari yuklangan.
Aytish joizki, ichki ishlar organlariga aniq majburiyatlarni qo‘yish, ularning jamiyat va davlat oldidagi mas'uliyatini oshirishga xizmat qiladi. Ichki ishlar idoralari xodimlari o‘z faoliyati davomida O‘zbekiston Konstitutsiyasi,
«Ichki ishlar organlari to‘g‘risida» qonun va boshqa qonunchilik aktlariga rioya etishlari shart.
Ichki ishlar organlari xodimlari xizmat majburiyatlarini bajarishda o‘zlarining noqonuniy harakatlarini oqlash uchun xizmat manfaatlarini ro‘kach qilishi, iqtisodiy manfaat ko‘rishi, noqonuniy talab qo‘yishi, mansabdor shaxslarning qonunga xilof buyruq va ko‘rsatmalarini bajarishlari mumkin emas.
Qonun shuningdek, inson sha'ni va g‘ururini poymol qiluvchi har qanday zo‘ravonlik, tajovuz va boshqa turli harakat va usullarni qo‘llashni ichki ishlar xodimiga taqiqlaydi.
Hujjatga muvofiq, Ichki ishlar vazirligi bevosita Prezidentga, ayrim masalalar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunadi.
Ichki ishlar vaziri bosh vazir tavsiyasiga binoan Prezident tomonidan tasdiqlanadi va Prezident tomonidan vazifasidan ozod etiladi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – halol dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
Malayziya O‘zbekiston tog‘li hududlarida kichik va o‘rta gidroelektr stansiyalarini qurishi mumkin
O‘zbekiston | 10:37
-
Nurafshon ko‘chasida beton ustunga borib urilgan "Spark" haydovchisi vafot etdi
Jamiyat | 10:02
-
“Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MChJ boshlig‘i intizomiy javobgarlikka tortildi
O‘zbekiston | 09:55
Mavzuga oid

08:10 / 17.07.2025
Rossiya hukumati xorijliklarning aksiyalarni qaytarib sotib olishiga taqiqni ma’qulladi

16:44 / 08.07.2025
Yo‘llarni loyihalashtirishda aholi fikrini inobatga olish mexanizmi o‘rnatiladi

11:42 / 19.06.2025
Ijro hujjatlari ma’lumotlarini qamrab olgan Majburiyatlar reyestri yuritiladi

11:56 / 12.06.2025