Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
DNK jirafalarning bir emas, to‘rt xil turi borligini aniqladi

Afrikadagi eng qiziq hayvonning siri mavjud ekan. Genetik tahlil shuni ko‘rsatadiki, jirafalar — bir turdagi emas, to‘rtta boshqacha turdagi hayvon ekan. Bunday xulosa tabiat muhofazasi himoyachilarining mazkur jonivorlarga yondashuvini tubdan o‘zgartirib yuborishi mumkin. Avval olimlar ularni yashash sharoiti va rangiga qarab bir necha turlarga ajratishgan edi. Biroq yaqinda ularning genii ustida o‘tkazilgan tadqiqot jirafalar aslida yovvoyi tabitda chatishtirilmaydigan alohida to‘rt zotga bo‘linishini aniqladi. Bu haqda Current Biology jurnalida chop etilgan maqola xabar bermoqda.
Navbatdagi genetik tadqiqot jirafalarning chindan ham kamdan-kam aloqaga chiqadigan jirafalarning diskret turi borligini, biroq ularning turi bo‘yicha farqlanishini aniqladi, deydi, Frankfurtdagi Gyote universiteti genetiki va maqolaning bosh muallifi Aksel Yanke.
«Bu ajoyib kashfiyot», deydi u va jirafalar juda harakatchan, keng tarqalgan hayvon ekanligini, agar hayvonlarning xohishi bo‘lganida, yovvoyi tabiatda ko‘payishga ko‘plab imkoni borligini qo‘shimcha qildi. «Million dollarli savol: ularni avval nima ajratgan». Yanke taxminiga ko‘ra, daryolar va boshqa jismoniy to‘siqlar yangilari paydo bo‘lgunga qadar turlarni ajralgan holda yetarlicha uzoq ushlab turishi mumkin.
Tadqiqotda 7ta o‘ziga xos genetik ketma-ketlikda taqsimlangan — olimlarga genetik xilma-xillikni o‘rganishga yordam berish uchun tanlangan — 190 jirafaning teri biopsisidan yadroli DNK o‘rganildi. Ular shuningdek, hayvonlarning mitoxondrial DNKsini ham tadbiq qilishdi.
Ketma-ketlik alohida turlani qattiq chegaralab turuvchi to‘rtta turli modellarni ajratdi. Yanke aytishicha, jirafalarning to‘rt turining har biri huddi qo‘ng‘ir ayiq (Ursus arctos) oq ayiqdan (Ursus maritimus) ajralib turgandek bir-biridan farq qiladi.
Tadqiqotchilar amaldagi Giraffa camelopardalis nomini to‘rtta yangi nom bilan atashni taklif qilishdi:
Janubiy jirafalar (G. giraffa), ya'ni Janubiy Afrika, Namibiya va Botsvanada ko‘proq uchraydi;
Tanzaniya, Keniya va Zambiyalik Masai (G. tippelskirchi) jirafalari;
Keniya, Somali va janubiy Efiopiyada tarqalgan hayvonlarni to‘rsimon (G. reticulata) jirafalar;
Qit'aning markaziy va sharqiy qismlaridagi turli guruhlarda tarqalgan Shimoliy (G. camelopardalis) jirafalar.
Yana bir qolgan tur — bu Efiopiya va Janubiy Sudanlik nubian jirafalari (G. camelopardalis camelopardalis). Bu janubiy jirafaning alohida turi.
Tavsiya etamiz
Yangi O‘zbekistonda daraxtlar suvsizlikdan qurib boryapti
O‘zbekiston | 15:21 / 02.08.2025
Toshkentdan Chorvoqqa yangi avtomobil yo‘li quriladi
O‘zbekiston | 10:44 / 02.08.2025
Voyaga yetmagan shaxs «sudlanmagan» deb hisoblanishi belgilanmoqda
O‘zbekiston | 23:00 / 01.08.2025
Andijonda alimentdan qochib yurgan erkak hiyla bilan tuzoqqa tushirildi
Jamiyat | 22:24 / 01.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Okean bo‘yidagi hayot umr ko‘rish davomiyligini uzaytirishi mumkin
Sog‘lom hayot | 22:12
-
Chorvoqdagi kurort talablari, Surxondaryodagi yong‘in va QR kodli qurilish obektlari – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:02
-
Saksovulfurushlarni ta’qib qilib, hujumga uchragan inspektorlar taqdirlandi
O‘zbekiston | 21:55
-
Bangladeshda sobiq bosh vazir Shayx Hasina ustidan sirtdan sud boshlandi
Jahon | 21:32
Mavzuga oid

18:26 / 16.05.2025
Olimlar og‘ir bemor chaqaloq hayotini DNK tahriri orqali saqlab qoldi

01:09 / 09.01.2025
Toshkent hayvonot bog‘ida jirafa nobud bo‘ldi

00:46 / 10.11.2024
Britaniyada odamlarning DNK ma’lumotlarini saqlab kelgan kompaniya izsiz yo‘qoldi

14:40 / 23.02.2023