Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyada odamlarning DNK ma’lumotlarini saqlab kelgan kompaniya izsiz yo‘qoldi
Londonda ofisi bo‘lgan Atlas Biomed kompaniyasi insonlarning genetik tuzilishi, shuningdek, ularning irsida qanday kasalliklar borligini aniqlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatib kelgan.

Foto: Alpha Biolabs
Buyuk Britaniyada DNK-testlari bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi Atlas Biomed kompaniyasi mijozlarini o‘zida mavjud maxfiy ma’lumotlar taqdiri nima bo‘lgani haqida ogohlantirmay, faoliyatini to‘xtatdi, deb xabar beradi BBC.
Londonda ofisi bo‘lgan Atlas Biomed kompaniyasi insonlarning genetik tuzilishi, shuningdek, ularning irsida qanday kasalliklar borligini aniqlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatib kelgan. Ammo foydalanuvchilar endi onlayn rejimda o‘zlarining shaxsiy ma’lumotlarini ko‘ra olmaydi — kompaniya holatga hech qanday izoh bermay, izsiz yo‘qoldi.
Kompaniya mijozlari vaziyatdan «qattiq xavotirda» va o‘zlarining shaxsiy ma’lumotlari taqdiri nima kechgani haqidagi savollarga javob olishni istamoqda. Axborot komissari boshqarmasiga (ICO) Atlas Biomed’ga nisbatan bildirilgan shikoyatlarni qabul qilganini tasdiqladi. «Odamlar tashkilot ularning shaxsiy ma’lumotlaridan xavfsiz va mas’uliyat bilan foydalanishlarini kutishga haqli», — deyiladi bayonotda.
Esseks grafligida yashovchi Liza Topping ismli ayolning aytishicha, u bir necha yil oldin genetik xulosa olish uchun 100 funt sterling to‘lab, Atlas Biomed’ga o‘z so‘laklari namunasini yuborgan. Uning o‘ziga tegishli profilga DNK natijalaridan tashqari, qanday kasalliklar bilan og‘rigani va hatto olgan jarohatlari bo‘yicha ham ma’lumotlar kiritilgan. Ayol sayt izsiz yo‘qolishidan oldin vaqti-vaqti bilan onlayn anketasini kuzatib turgan.
«Begona insonlar ushbu ma’lumotlardan qanday foydalanishlari mumkinligini bilmayman, ammo bu o‘ta shaxsiy ma’lumotlar… Ular g‘oyib bo‘lganini bilganimdan keyin o‘zimni noqulay his qilishni boshladim», — deydi Liza.
Kompaniya bilan bog‘lanish uchun ko‘rsatilgan telefon raqam o‘chiq. BBC uning Londondagi ofisiga borib ko‘rgan, ammo Atlas Biomed’ning hech qanaqa izini topa olmagan. 11 mingdan ziyod obunachiga ega Instagram sahifasi esa 2022 yil martdan beri yangilanmagan.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – Muslim friendly formatida dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
“Yangi loyihalarda Eron va Rossiyaning ishtiroki kamayib, turkiylarning ahamiyati ortib boryapti” – siyosatshunos
Jahon | 09:02
-
Andijondagi fabrika oqova suvlari bilan kanalni ifloslantirdi
Jamiyat | 23:09 / 26.07.2025
-
iPhone va avtosug‘urtada yangi narxlar, Navoiyda qalin smog - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:40 / 26.07.2025
Mavzuga oid

13:32 / 26.07.2025
Ye3 davlatlari G‘azoda zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi

11:19 / 24.07.2025
O‘zbekistonlik hamshiralar Britaniyaga ishga jalb etilishi mumkin

23:20 / 22.07.2025
Britaniyada depressiyaga chalingan odamlarga futbolga borish tavsiya etildi

15:25 / 22.07.2025