"Gazprom" kompaniyasi Turkiya hukumatidan "Turk oqimi" gaz quvurini qurishga ilk ruxsatni oldi

Rossiyaning "Gazprom" kompaniyasi Turkiya hukumatidan "Turk oqimi" gaz quvurini joriy yilda boshlash uchun ilk ruxsatni oldi.
"Gazprom" boshqaruv raisi Aleksey Miller va Turkiya energetika va tabiiy zaxiralar vaziri Barat Albayrak o‘rtasidagi muzokaralar natijalariga ko‘ra loyihani boshlash uchun barcha tayyorgarchilik jarayonlarini tezroq yakunlash bo‘yicha kelishuvga erishildi.
"Ruxsatlar berilishi "Gazprom" uchun ijobiy yangilikdir. Turkiya tomonining bu qadami turk hukumatining "Turk oqimi" loyihasiga qiziqishini aks ettiradi va uning amaliy bajarilishiga o‘tishni anglatadi", deb aytdi Miller.
Avvalroq Rossiya energetika vaziri Aleksandr Novak "Turk oqimi"ning birinchi quvuri 2019 yil oxirigacha qurib bitkazilishini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid

23:40 / 11.03.2025
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda

22:14 / 11.03.2025
KXDR Ukrainadagi urush vaqtida harbiy zavodlari maydonini kengaytirdi

14:06 / 11.03.2025
Britaniya razvedkasi: Rossiya Kursk oblastida bosimni oshiryapti

23:00 / 10.03.2025