Rossiyaning Stavropolidagi avtofalokatda 9 kishi halok bo‘ldi

Rossiyaning Stavropol o‘lkasida ikkita yengil mashinaning to‘qnashishi oqibatida 9 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda o‘lkaning yo‘l harakati xavfsizligi davlat inspeksiyasi boshqarmasi vakiliga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi.
"Kochubey tumanida tungi soat 01 ga yaqin Lada Priora avtomobili qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib, Ford Scorpio bilan to‘qnashib ketgan. Priora’da 5 kishi, Ford’da 4 kishi bo‘lgan. Ularning barchasi halok bo‘lgan", deb ma'lum qildi agentlik suhbatdoshi.
"Priora haydovchisi 20 martadan ko‘proq marta yo‘l harakatini buzgan bo‘lgan, u oxirgi marta haydovchilik guvohnomasidan mast holatda mashina haydagani uchun 1,5 yil avval mahrum etilgan ", deyildi yo‘l harakati xavfsizligi davlat inspeksiyasi boshqarmasida.
Mavzuga oid

23:40 / 11.03.2025
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda

22:14 / 11.03.2025
KXDR Ukrainadagi urush vaqtida harbiy zavodlari maydonini kengaytirdi

14:06 / 11.03.2025
Britaniya razvedkasi: Rossiya Kursk oblastida bosimni oshiryapti

23:00 / 10.03.2025