«Tesla» qurilishi bitmagan «Gigafabrika»ni ishga tushirdi

Amerikaning Tesla Motors kompaniyasi Nevada shtatida, o‘zining barcha avtomobillari hamda Tesla ning boshqa loyihalari uchun litiy-ionli akkumulyatorlar ishlab chiqaruvchi «Gigafabrika»sini ochdi. Uning rasmiy taqdimoti, 29 iyulga belgilangan edi. Biroq, Bloomberg va Wired jurnalistlari belgilanganidan 3 kun avval taklif etilgan.
OAVning ta'kidlashicha, «Gigafabrika»ning hududi va binolari atigi 14 foizga tayyor. Shunga qaramay, statsionar quvvatlash uskunasi Powerwall uchun tajribaviy batareyalar ishlab chiqarish boshlab yuborilgan.

Zavodda bo‘lgan jurnalistlar va blogerlar ishlab chiqarishning avtomatlashtirilganini va ko‘plab robotlarni qayd etganlar.
Hisoblarga ko‘ra, 2017 yilning ikkinchi yarmiga kelib «Gigafabrika» 31 foizga shay bo‘ladi. Ammo, ayni zavodning ishga tushirilishi bilan, kompaniya yillik avtomobil ishlab chiqarishni 50 mingdan 500 mingga yetkazish imkoniga ega bo‘ladi. 3 yildan so‘ng, korxonada 10 ming nafargacha kishi mehnat qiladi. «Gigafabrika» to‘liq foydalanishga topshirilgach, uning hududi 930 ming kvadrat metr yoki 262 ta futbol maydoniga teng bo‘ladi.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Slovakiya deputatlar Rossiyaga qarshi sanksiyalar uchun ovoz bermaslikka chaqirdi
Jahon | 12:12
-
NNT xorijiy safarlar haqida Adliya vazirligini xabardor qiladi
O‘zbekiston | 12:09
-
Tramp va Mask ochiqchasiga urishib ketdi
Jahon | 12:05
-
O‘zbekiston mundialga chiqqan tarixiy o‘yindan fotogalereya
Sport | 11:54
Mavzuga oid

22:26 / 09.04.2025
Ilon Mask bojlar sabab Trampning maslahatchisini haqorat qildi

08:10 / 31.10.2024
Elektromobillar akkumulyatori uchun utilizatsiya yig‘imi joriy etilishi mumkin

10:28 / 20.11.2023
Hindiston O‘zbekistonda elektromobil akkumulyatorlari ishlab chiqarishi mumkin

12:06 / 10.07.2022