Qozog‘istonda hibsga olinganlar Rossiya harbiy qismini ko‘z ostiga olishgan

30 iyun kuni Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyatida o‘tkazilgan maxsus amaliyot chog‘ida qo‘lga olingan ekstremistlar, Balxash shahrida joylashgan Rossiya harbiy qismiga hujum uyushtirishni rejalashtirgan. Bu haqda, RIA «Novosti» agentligi mamlakat milliy xavfsizlik tuzilmalariga aloqador manbasiga asoslangan holda xabar qilmoqda.
«Ular Rossiya harbiy qismiga hujum qilishgach, Suriyaga ketmoqchi bo‘lishgan», — deb ma'lum qilgan agentlik manbasi.
Ayni vaqtda, mazkur ma'lumotlarga Rossiya va Qozog‘iston huquq-tartibot idoralari tomonidan rasmiy izoh berilgani yo‘q.
Avval xabar berilganidek, Qozog‘istonda 6 nafar ekstremistdan iborat jinoiy guruh ushlangan.
Mavzuga oid

23:40 / 11.03.2025
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda

22:14 / 11.03.2025
KXDR Ukrainadagi urush vaqtida harbiy zavodlari maydonini kengaytirdi

21:40 / 11.03.2025
Suriya hukumati alaviylar isyonini bostirdi

14:06 / 11.03.2025