Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp AQSh va Eron yadro kelishuviga yaqin ekanini aytdi
Prezident Donald Tramp 15 may kuni Qo‘shma Shtatlar Eron bilan yadroviy kelishuvga erishishga juda yaqin ekanini va Tehron uning shartlariga ba’zi e’tirozlar bilan rozi bo‘lganini aytdi.

Foto: Getty images
Oq uy rahbari Eron bilan yadro dasturi bo‘yicha yangi shartnoma tuzishga harakat qilmoqda. G‘arb davlatlari Tehron bu dasturdan yadroviy qurol ishlab chiqarish uchun foydalanayotganidan qo‘rqadi, biroq Eron rasmiylari bu dastur faqat tinch xarakterga ega ekanini ta’kidlamoqda. Bu haqda BBC xabar berdi.
«Siz bugun Eron haqidagi yangiliklarni o‘qigan bo‘lsangiz kerak. U shartlarga rozi bo‘lgan shekilli», dedi Tramp Fors ko‘rfazi bo‘ylab safari doirasida Qatarga tashrifi chog‘ida.
Tramp Eronning qaysi bayonotlarini nazarda tutayotganiga aniqlik kiritmadi, biroq avvalroq Eron oliy rahbari Ali Xominaiy maslahatchisi Ali Shamxoniy Amerika matbuotiga Tehron yadroviy dastur bo‘yicha jiddiy cheklovlarga rozi bo‘lishga tayyorligini aytgan edi.
Tramp Qo‘shma Shtatlar Eron bilan «uzoq muddatli tinchlik bo‘yicha o‘ta jiddiy muzokaralar olib borayotganini» ta’kidlab, uning yadroviy dasturi muammosini hal qilishning ikki yo‘li borligini qo‘shimcha qildi: «Biri juda, juda yoqimli, ikkinchisi esa zo‘ravonlikni o‘z ichiga oladi. Ammo men ikkinchi yo‘ldan borishni xohlamayman», dedi AQSh prezidenti.
«Biz Eronda yadroviy chang chiqarmaymiz. Menimcha, biz bunday choralarni talab qilmaydigan bitim tuzishga yaqinmiz», dedi AQSh prezidenti.
Shu bilan birga, muzokaralar jarayonidan xabardor eronlik manba Reuters agentligiga tomonlar pozitsiyalarida haligacha hal etilmagan qarama-qarshiliklar mavjudligini aytdi.
11 may kuni O‘monda Eron va Qo‘shma Shtatlar o‘rtasida yadro dasturi bo‘yicha kelishmovchiliklarni hal qilish bo‘yicha muzokaralarning so‘nggi raundi yakunlandi. Rasmiylarga ko‘ra, tomonlar muzokaralarni davom ettirishni rejalashtirmoqda, chunki Tehron ochiqchasiga uranni boyitishda davom etishini ta’kidlayapti.
Uranni boyitish muammosi
Tehron ham, Vashington ham Eron yadro dasturi bo‘yicha o‘nlab yillar davom etgan bahsni hal qilish uchun diplomatik yo‘lni afzal ko‘rishini aytgan bo‘lsa-da, asosiy masalalarda kelishmovchilik saqlanib qolmoqda.
Amerika rasmiylari Eron uranni boyitishni to‘xtatishi kerakligini ochiqchasiga aytgan. Ammo Tehron o‘z hududida uranni boyitish huquqiga ega va undan voz kechmasligini ma’lum qilgan.
XAEA ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil mart oyi holatiga ko‘ra, Eronda 60 foizgacha boyitilgan 275 kilogrammga yaqin uran to‘plangan. Nazariy jihatdan, agar Eron uranni 90 foizgacha boyitishda davom etsa, bu miqdor 5-6 ta yadro kallaklari uchun yetarli.
Eron prezidenti Mas’ud Pizishkiyon Trampning yaqinda Tehronni Yaqin Sharqdagi «eng buzg‘unchi kuch» deb atagan so‘zlariga javob qaytardi.
«Tramp sanksiyalar qo‘yib, bizga tahdid solishi, keyin esa inson huquqlari haqida gapirishi mumkin. Barcha jinoyatlar va mintaqaviy beqarorlik AQSh harakatlari oqibatidir. U Eron ichida beqarorlik yaratmoqchi», dedi Pizishkiyon.
Ammo 14 may kuni Eron oliy rahbarining maslahatchisi Ali Shamxoniy Tehron AQSh sanksiyalarini bekor qilish evaziga bir qator yon berishlarga tayyorligini aytdi.
Boshqa narsalar qatorida, Shamxoniy so‘zlariga ko‘ra, Eron hukumati hech qachon yadro qurolini ishlab chiqarmaslik, yuqori darajada boyitilgan uran zaxiralaridan voz kechish, uranni faqat fuqarolik maqsadlarida foydalanish uchun zarur bo‘lgan darajada boyitish va xalqaro inspektorlarni mamlakatga kiritishga va’da berishi mumkin.
Biroq Eron o‘zining uran zaxiralarini Qo‘shma keng qamrovli harakatlar rejasi (JCPOA) deb nomlanuvchi kelishuv doirasida kelishilgan darajadan pastga tushirishga rozi bo‘lmadi. Tehron va boshqa olti davlat shartnomani 2015 yilda imzolagan, biroq Tramp o‘zining birinchi muddatida AQSh undan chiqib ketgan.
JCPOA doirasida Eronga 3,67 foizgacha boyitilgan 300 kg uranni saqlashga ruxsat berildi. Bu fuqarolik yadroviy energetikasi va tadqiqot maqsadlari uchun yetarli, ammo 90 foiz boyitilgan uranni talab qiladigan yadro bombasini yaratish uchun emas.
Tehron, shuningdek, boyitilgan uran zaxiralarini qisqartirish bir necha bosqichda amalga oshirilishini istaydi, AQSh bunga rozi emas. Kelishuvga erishilsa, yuqori darajada boyitilgan uran qayerga ketishi borasida ham kelishmovchiliklar mavjud.
Eronlik manbaning aytishicha, Eron yon berishga tayyor bo‘lsa-da, «muammo shundaki, Amerika buning evaziga yirik sanksiyalarni bekor qilishga tayyor emas».
BMT, AQSh va Yevropa Ittifoqi 2010 yildan beri Eronning yadroviy dasturidan qurol ishlab chiqarishda foydalanilayotgani gumoni bilan unga qarshi keng qamrovli iqtisodiy sanksiyalar joriy qilgan.
Sanksiyalar Eronning neftni xalqaro bozorlarda sotish imkoniyatini to‘xtatdi va mamlakatning 100 milliard dollarlik xorijiy aktivlarini muzlatib qo‘ydi.
Eron iqtisodiyoti tanazzulga yuz tutdi, milliy valuta kursi rekord darajaga tushib ketdi, bu esa o‘z navbatida inflatsiyaning keskin o‘sishiga olib keldi.
Tavsiya etamiz
Urushga tayyor Jo‘laniy, taksidagi Pizishkiyon – hafta dayjesti
Jahon | 12:00 / 20.07.2025
Lyov yoki Kapadze. Milliy jamoa boshqaruvida o‘zgarish qilish kerakmi?
Sport | 11:30 / 20.07.2025
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27
-
Harbiy tarixchi: Ukrainadagi urush hech qachon tugamasligi mumkin
Jahon | 09:20
-
O‘zbekistonning Belarusdagi turizm elchisi tayinlandi
O‘zbekiston | 08:51
-
Rossiya armiyasi haqidagi «feyklar» ishi bo‘yicha ayblanuvchilar «terrorchilar ro‘yxati»ga kirdi
Jahon | 08:40
Mavzuga oid

08:18
AQSh sobiq davlat kotibi Rays Trampning Rossiyaga ultimatumini qo‘llab-quvvatladi

07:52
Yevropa davlatlari Eron bilan muzokaralar olib borishga kelishib oldi

21:58 / 21.07.2025
AQSh 2008 yildan beri birinchi marta Britaniyada yadroviy bomba joylashtirdi

14:23 / 21.07.2025