Zelenskiy Trampning Turkiyadagi uchrashuvda ishtirok etishini qo‘llab-quvvatladi
Ukraina prezidenti amerikalik hamkasbini 15 may kuni Istanbulda Rossiya vakillari bilan bo‘ladigan muzokaralarda ko‘rishni istaydi va Rossiya rahbari bu uchrashuvdan qochmasligiga umid qilmoqda.

Foto: Danylo Antoniuk/Ukrinform/Avalon/Photoshot/picture alliance
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy AQSh prezidenti Donald Trampning Ukraina va Rossiya delegatsiyalari o‘rtasida 15 may kuni Istanbulda bo‘lib o‘tishi mumkin bo‘lgan to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralarida qatnashish g‘oyasini to‘g‘ri deb hisoblaydi. «Albatta, Ukrainada hammamiz prezident Tramp biz bilan birga bo‘lishini istardik — Turkiyadagi ushbu uchrashuvda. Bu to‘g‘ri fikr. Biz ko‘p narsani o‘zgartirishimiz mumkin», deb yozdi Zelenskiy 12 may, dushanba kuni kechqurun Telegramʼda.
U avvalroq AQSh prezidentining «to‘liq va so‘zsiz o‘t ochishni to‘xtatish» va Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar olib borish haqidagi taklifini qo‘llab-quvvatlaganini eslatdi. «Uchrashuvga tayyor ekanligimni ochiq aytdim. Turkiyada bo‘laman. Ruslar bu uchrashuvdan qochmaydilar, deb umid qilaman», — deya ta’kidladi Ukraina rahbari. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina «o‘z tarafidan sukut saqlashga tayyor».
Putin 15 may kuni Turkiyada Ukraina bilan «oldindan hech qanday shartlarsiz» to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazishni taklif qilgan, shu bilan birga Yevropa davlatlari va AQShning 30 kunlik sulh e’lon qilish haqidagi chaqiriqlariga e’tibor bermagan. Zelenskiy Istanbulda Putin bilan bevosita muzokaralarga tayyor ekanligini aytdi. «Men Putinni payshanba kuni Turkiyada kutaman. Shaxsan o‘zim. Umid qilamanki, bu safar rossiyaliklar buni qila olmasligiga sabab izlamaydilar», — dedi u avvalroq. Kreml bu xabarga javob bermadi. Ayni paytda Tramp ehtimoliy muzokaralar kuni Istanbulga shaxsan uchib ketishi mumkinligini tan oldi.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin va Trampning suhbatidan keyin ham Rossiya Kiyevga zarba berishda davom etmoqda
Jahon | 11:06
-
Obodonlashtirish boshqarmasiga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlandi
O‘zbekiston | 11:05
-
Tramp Putin bilan suhbat haqida: o‘zgarish yo‘q
Jahon | 10:26
-
Toshkent tumanida joylashgan uylarning biri yonib ketdi
O‘zbekiston | 10:04
Mavzuga oid

22:00 / 03.07.2025
«Rossiya o‘z maqsadlariga erishadi». Putin Tramp bilan navbatdagi muloqotida nima haqda gaplashdi?

19:18 / 03.07.2025
“Ilon Mask o‘z bizneslaridan xavotirda, Tramp bilan to‘qnashuvini esa kutgandik" - amerikalik tahlilchi

07:56 / 03.07.2025
MRB Rossiyaning saylovlarga aralashuviga oid hisobotdagi xatoliklar haqida ma’lumot berdi

19:39 / 02.07.2025