Mo‘g‘ulistonning Hunnu Air aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
Toshkent va Ulan-Bator o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muntazam yo‘lovchi qatnovlari sentabr oyida boshlanishi kutilmoqda.

Foto: Aviation Spotters Mongolia
Uzbekistan Airports kompaniyasi Mo‘g‘ulistonning Hunnu Air aviakompaniyasi bilan muzokaralarning ikkinchi bosqichini o‘tkazdi.
Yig‘ilishda ishtirok etish uchun aviakompaniya bosh direktori Purevjav Munxjargal Toshkentga keldi. Tomonlar Toshkent va Ulan-Bator o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muntazam yo‘lovchi qatnovlarini tashkil etish bilan bog‘liq masalalarni muhokama qildi. Aviakompaniya joriy yilning sentabr oyidan boshlab Embraer 190 samolyotlarida haftasiga ikki marta parvozlarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
Muzokaralarda, shuningdek, Mo‘g‘uliston aviatashuvchisi rahbari Toshkentni nafaqat istiqbolli, sayyohlar va ishbilarmonlar uchun qiziqarli manzil, balki Mo‘g‘uliston va qo‘shni davlatlar yo‘lovchilarining parvozlari uchun keng imkoniyatlar ochib beruvchi tranzit hab sifatida ham ko‘rishini ta’kidladi.
Hunnu Air — 2011 yilda tashkil etilgan va shtab-kvartirasi Ulan-Bator shahrining Chingizxon xalqaro aeroportida joylashgan xususiy mo‘g‘ul aviakompaniyasi. Aviakompaniya ichki va xalqaro parvozlarni ATR 72-500 va Embraer 190 samolyotlarida amalga oshiradi.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xitoy Yevropa brendlariga antidemping bojlarini joriy etdi
Jahon | 21:57
-
Boeing 2,8 mlrd dollar evaziga Pentagonga ikkita sun’iy yo‘ldosh yetkazib beradi
Jahon | 21:52
-
«Bu hazilmi?» – peruliklar prezident maoshining ikki baravar oshirilganini keskin muhokama qilishyapti
Jahon | 20:44
-
Avstraliyada erkak juda kam uchraydigan virusdan vafot etdi
Jahon | 20:40
Mavzuga oid

09:46 / 02.07.2025
O‘zbekiston Qirg‘iziston va Xitoy orqali Mo‘g‘ulistonga yangi savdo yo‘lini ochmoqda

19:40 / 28.06.2025
O‘zbekiston Mo‘g‘ulistondan 2 ming tonna «halol» ot va qo‘y go‘shti sotib oladi

10:39 / 26.06.2025
Shavkat Mirziyoyevning Mo‘g‘ulistonga tarixiy davlat tashrifi. Tafsilotlar

15:15 / 25.06.2025