Britaniya razvedkasiga ilk bor ayol kishi rahbarlik qiladi
Hozirda MI6 rahbarligiga asosan ikki nomzod ko‘rib chiqilmoqda. Ulardan biri Britaniya Chegara agentligini boshqargan Barbara Vudvorddir.

Foto: Wikimedia
Buyuk Britaniyaning Maxfiy razvedka xizmatiga MI6 tarixida ilk bor ayol rahbar tayinlanadi, deb xabar bermoqda The Telegraph.
Ma’lumotlarga ko‘ra, nomzodlardan kamida ikkitasi MI6 ning amaldagi ayol xodimlari hisoblanadi, shu bois ularning ismlari oshkor qilinmagan. Nomzodlardan biri – MI6 muhandislik bo‘limi rahbari bo‘lib, u amaldagi direktorning ehtimoliy vorisi sifatida tilga olinmoqda.
Yana bir nomzod — Barabara Vudvord. U ilgari Britaniya Chegara agentligini boshqargan, hozirda esa Birlashgan Qirollikning BMTdagi doimiy vakili lavozimida faoliyat yurityapti.
Amaldagi MI6 rahbari Richard Mur ilgari diplomatik xizmatda ishlagan, keyin esa Buyuk Britaniyaning Turkiyadagi elchisi bo‘lgan, 2020 yilda esa MI6 ga direktor sifatida qaytgan. Uning lavozimdagi 5 yillik muddati shu yil yakunlanadi va o‘rniga kadr tanlash jarayoni jadallashgan.
Mur 2023 yilda lavozimga faqat erkaklar ro‘yxatidan tanlab olinganini ta’kidlab, endilikda bunday yondashuvga chek qo‘yilishini va ayollarning ham teng imkoniyatga ega bo‘lishini aytgan edi.
Barabara Vudvord Britaniya diplomatik xizmatidagi eng yuqori martabali ayol hisoblanadi. Biroq u 2015–2020 yillarda Pekindagi elchilik davrida Xitoyga nisbatan yetarlicha qat’iy pozitsiya tutmagani uchun tanqid qilingan.
Tayinlov bo‘yicha yakuniy qaror Britaniya bosh vaziri Kir Starmer tomonidan tashqi ishlar vaziri Devid Lemmi hamda milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi Jonatan Pauell tavsiyasi asosida amalga oshiriladi.
Ichki xavfsizlik xizmatiga (MI5) esa ilgari ikki ayol rahbar — Stella Rimington va Eliza Menningem-Buller rahbarlik qilgan. Ammo 1909 yilda tashkil etilgan Britaniya razvedkasini hozirgacha boshqargan 17 rahbarning barchasi erkaklardir.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Samarqand no‘xat sho‘ragi geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi
O‘zbekiston | 11:37
-
Putin va Trampning suhbatidan keyin ham Rossiya Kiyevga zarba berishda davom etmoqda
Jahon | 11:06
-
Obodonlashtirish boshqarmasiga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlandi
O‘zbekiston | 11:05
-
Tramp Putin bilan suhbat haqida: o‘zgarish yo‘q
Jahon | 10:26
Mavzuga oid

21:20 / 03.07.2025
Britaniyada Lordlar palatasining salkam 10 mln funtlik eshigi bo‘yicha tekshiruv o‘tkaziladi

08:16 / 02.07.2025
Britaniyada «Isroil armiyasiga o‘lim» shiori bo‘yicha tergov boshlandi

10:44 / 25.06.2025
Britaniya Rossiya va Eron tahdidlari fonida urushdan xavotirda

12:07 / 21.06.2025