Putin Ukrainaga to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralarni tiklashni taklif qildi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina bilan «2022 yilda to‘xtatilgan» to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralarni 15 may kuni Istanbulda, hech qanday dastlabki shartlarsiz qayta tiklashni taklif qildi.

Foto: AP
«Kiyev rasmiylariga 2022 yil oxirida ular tomonidan to‘xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashni taklif qilamiz. To‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralarni, hech qanday dastlabki shartlarsiz boshlash lozimligini ta’kidlayman. Muzokaralarni kelayotgan payshanba, 15 may kuniyoq Istanbulda boshlash taklifini bildiramiz. Ular oldin ham shu yerda o‘tkazilgan va to‘xtatilgan edi», — deydi Putin 10 may kuni kechasi Kremldagi chiqishida.
Putin, shuningdek, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan ushbu muzokaralarni tashkil qilish masalasida suhbatlashishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.
«Ertaga bizda Turkiya prezidenti janob Erdo‘g‘an bilan suhbat rejalashtirilgan. Men undan muzokaralar o‘tkazilishi uchun Turkiyada sharoit yaratib berishini iltimos qilaman. Umid qilamanki, u Ukraina bo‘yicha tinchlik yo‘lini izlashga yordam berish istagini tasdiqlaydi», — deydi Putin.
Putin, shuningdek, Rossiya Ukraina bilan «jiddiy muzokaralarga tayyor» ekanini ta’kidladi.
«Bu muzokaralarning maqsadi — mojaroning asosiy sabablarini bartaraf etish va uzoq muddatli, mustahkam tinchlikka erishishdir. Muzokaralar davomida yangi sulhlar yoki o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha haqiqiy kelishuvlarga ham erishish mumkinligini istisno etmaymiz», — deya qo‘shimcha qiladi Rossiya prezidenti.
10 may kuni Ukraina rasmiylari dushanba kunidan boshlab «quruqlikda, havoda va dengizda kamida 30 kunlik to‘liq va so‘zsiz o‘t ochishni to‘xtatish»ga tayyor ekanliklarini e’lon qildi. Bu qaror Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Polsha bosh vaziri Donald Tusk, Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer va Germaniya muxolifati yetakchisi Fridrix Mersning Kiyevga tashrifidan so‘ng ma’lum qilindi.
Kiyevdagi muzokaralardan keyingi matbuot anjumanida Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer agar Vladimir Putin tinchlik haqida o‘ylayotgan bo‘lsa, hozir — bu niyatni namoyish etish uchun eng yaxshi vaqtligini ta’kidladi. «Putin tinchlik o‘rniga shartlar qo‘ymoqda, o‘t ochishni to‘xtatish o‘rniga harbiy parad o‘tkazdi, bu bilan yana bir bor chaqiriq tashlamoqda… Agar Putin tinchlik yo‘liga qaytmasa, biz javob qaytaramiz. Prezident Tramp bilan birgalikda Ukraina mudofaa salohiyatini yanada kuchaytiramiz va Rossiyani muzokara stoliga majburlaymiz», — degandi Starmer.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQShda Marsdan tushgan meteorit auksion orqali sotuvga qo‘yiladi
Jahon | 00:02
-
Rossiya Afg‘oniston Islom Amirligini rasman tan oldi
Jahon | 23:39 / 03.07.2025
-
Buxoroda shifokor pichoq bilan o‘zini jarohatlamoqchi bo‘lgan shaxsni zararsizlantirdi, bankdan 90 ming dollar talon-toroj qilganlar ushlandi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:36 / 03.07.2025
-
Odam savdosida ayblangan o‘zbekistonlik ayol O‘mondan ekstraditsiya qilindi
Jamiyat | 23:33 / 03.07.2025
Mavzuga oid

22:00 / 03.07.2025
«Rossiya o‘z maqsadlariga erishadi». Putin Tramp bilan navbatdagi muloqotida nima haqda gaplashdi?

20:34 / 03.07.2025
Ukrainaning Harkiv shahrida soliqlar va yig‘imlar bekor qilindi

16:57 / 03.07.2025
AQSh nafaqat Ukrainaga, balki boshqa mamlakatlarga ham harbiy yordamni to‘xtatdi

16:00 / 03.07.2025