Foto: Shavkat Mirziyoyev Moskvadagi harbiy paradda ishtirok etdi
Qizil maydonda o‘zbekistonlik harbiylar guruhi ham saf tortib o‘tdi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 9 may kuni Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etdi.
Qizil maydonda G‘alaba paradi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Xitoy raisi Si Jinping, Braziliya prezidenti Lula da Silva, Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisiy, belaruslik Aleksandr Lukashenko, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon, Turkmaniston prezidenti Sardor Berdimuhamedov, Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux, Kuba prezidenti Migel Dias-Kanel, Venesuela prezidenti Nikolas Maduro va boshqalar ham qatnashdi.
Paradda o‘zbekistonlik harbiylar guruhi ham saf tortib o‘tdi.
«Ikkinchi jahon urushidagi g‘alaba millionlab insonlarning jasorati, matonati va fidoyiligi natijasidir. Bu ulug‘ maqsadga erishishda ko‘p millatli O‘zbekiston xalqining ham salmoqli hissasi bor.
Urush boshlangan paytda respublikamiz aholisi 6 million nafardan ziyod edi. Urush yillarida ikki millionga yaqin o‘zbekistonlik frontga jo‘natildi. 538 mingdan ziyod kishi jang maydonlarida halok bo‘ldi, 158 mingdan ortig‘i bedarak yo‘qoldi.
Ko‘rsatgan mardligi va jasorati uchun O‘zbekistondan 214 mingdan ziyod askar va ofitser jangovar orden va medallar bilan taqdirlandi. Vatandoshlarimizdan 301 kishi Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor bo‘ldi, yana 70 kishi «Shuhrat» ordenining barcha darajalari sohibi bo‘ldi.
O‘zbek xalqi mehnat borasida ham ulkan jasorat ko‘rsatdi. Mamlakatimiz frontning ishonchli tayanchiga aylandi: bu yerdan oziq-ovqat, kiyim-kechak, dori-darmon, qurol-yarog‘ va boshqa zarur resurslar uzluksiz jo‘natib turildi. Qisqa muddatda O‘zbekiston hududida 170 dan ortiq evakuatsiya qilingan korxonalar joylashtirilgani mudofaa sanoatining uzilishlarsiz ishlashini ta’minladi.
O‘sha og‘ir yillarda O‘zbekiston xalqi yuksak insonparvarlik namunasini ko‘rsatib, frontoldi hududlaridan evakuatsiya qilingan 1,5 milliondan ortiq kishini, jumladan, 250 mingdan ziyod yetim bolalarni qabul qildi», deyiladi O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabarida.
O‘zbek xalqining urush yillaridagi jasorati xalqaro hamjamiyatda keng e’tirof etilmoqda.
Mamlakatimizda ham urush va mehnat fronti qatnashchilarining xotirasini abadiylashtirish, faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Toshkentda ulug‘vor «G‘alaba bog‘i» yodgorlik majmuasi barpo etildi.
G‘alaba paradi yakunida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev RF prezidenti Vladimir Putin va boshqa davlat rahbarlari bilan birgalikda Aleksandr bog‘idagi Noma’lum askar qabriga gul qo‘ydi.
Ushbu yodgorlik g‘alaba yo‘lida mislsiz jasorat ko‘rsatgan va jon fido qilgan millionlab jangchilar, jumladan, O‘zbekiston farzandlari xotirasiga o‘rnatilgan.
Marosim bir daqiqalik sukut hamda faxriy qorovul va harbiy orkestrning tantanali yurishi bilan yakunlandi.
Tavsiya etamiz
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
Eronning amaldagi siyosiy tizimi. U qanday paydo bo‘lgandi?
Jahon | 19:30 / 24.06.2025
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eron 400 kilodan ortiq boyitilgan uranni AQSh zarbalaridan yashirishga ulgurgan - Yevropa razvedkasi
Jahon | 23:36 / 26.06.2025
-
XVJ daromad solig‘ini tabaqalashtirishga chaqirdi. Iqtisodchi bunga qarshi to‘rtta sabab keltirdi
Iqtisodiyot | 23:08 / 26.06.2025
-
AQSh 2026 yilda yadro triadasini rivojlantirishga 60 mlrd dollar sarflashni rejalashtirmoqda
Jahon | 22:51 / 26.06.2025
-
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Belarusga yetib bordi
O‘zbekiston | 22:32 / 26.06.2025
Mavzuga oid

22:32 / 26.06.2025
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Belarusga yetib bordi

12:14 / 26.06.2025
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Belarusda bo‘ladi

10:39 / 26.06.2025
Shavkat Mirziyoyevning Mo‘g‘ulistonga tarixiy davlat tashrifi. Tafsilotlar

15:15 / 25.06.2025