Samarqand AEXA milliy koordinatorlari yig‘ilishini qabul qiladi
Shu yilning 14-16 may kunlari qadimiy Samarqand shahrida Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (AEXA)ning Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha Texnik hamkorlik dasturi milliy koordinatorlarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Foto: Reuters
Tadbir O‘zbekiston Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi ko‘magida tashkil etiladi.
Yig‘ilish AEXA texnik hamkorlik dasturida ishtirok etuvchi mamlakatlar o‘rtasida tajriba almashish, ustuvor yo‘nalishlarni muhokama qilish va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash uchun asosiy platforma hisoblanadi. Milliy koordinatorlar Agentlik va texnik loyihalar va dasturlarni amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan milliy tuzilmalar o‘rtasidagi eng muhim bo‘g‘in sanaladi.
Samarqandda bo‘lib o‘tadigan anjuman milliy koordinatorlar yig‘ilishlarini o‘tkazish an’anasini davom ettiradi. O‘tgan yillarda bunday tadbirlar Tojikiston, Turkiya, Xorvatiya va Gretsiyada o‘tkazilgan.
Ishtirokchilar uch kun davomida hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari, amalga oshirilayotgan loyihalarning samaradorligi muhokama qiladilar, sheriklik aloqalarini rivojlantirish va texnik yordam dasturlari natijalarini oshirish bo‘yicha strategik yondashuvlarni ishlab chiqadilar.
Samarqand uchrashuv nafaqat mintaqada texnik hamkorlikni rivojlantirishda muhim qadam bo‘ladi, balki turli mamlakatlardan kelgan ishtirokchilarga O‘zbekistonning madaniy merosi va ilmiy salohiyati bilan yaqindan tanishish uchun noyob imkoniyat yaratadi.
Tavsiya etamiz
Urush tugadi, rahbar bunkerdan chiqdi – hafta dayjesti
Jahon | 18:43 / 29.06.2025
Oshadigan nafaqalar, joriy etilayotgan eskrou tizimi va sog‘liqni saqlash sohasida yangi model – 1 iyuldan nimalar o‘zgaradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 28.06.2025
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel”dan “CHILLA SALE” - faqat 1-2 iyul kunlari 50%gacha chegirma!
Jamiyat | 19:00 / 30.06.2025
-
Toshkent xalqaro aeroportida 3 nafar qizni fohishalik uchun Tailandga yuborishga uringan ayol ushlandi
Jamiyat | 23:58 / 30.06.2025
-
Sirdaryoda Lacetti va Yutong ishtirokida YTH yuz berdi. Bir yo‘lovchi halok bo‘ldi
Jamiyat | 23:32 / 30.06.2025
-
Polsha snaryad ishlab chiqarishni 5 baravarga oshiradi
Jahon | 23:22 / 30.06.2025
Mavzuga oid

08:50 / 27.06.2025
AEXA rahbari: Eronning agentlik bilan hamkorligi - yuridik majburiyat

07:34 / 27.06.2025
AEXA yadroviy avariya vaziyatida harakat qilish bo‘yicha eng yirik mashg‘ulotni o‘tkazdi

15:05 / 25.06.2025
Eron AEXA bilan hamkorlikni to‘xtatdi

08:03 / 25.06.2025