Olimlar Yerda kislorod qachon yo‘q bo‘lib ketishini aniqladi
Kislorodga boy atmosfera sayyora tarixidagi vaqtinchalik bosqich, deydi tadqiqotchilar.

Foto: NASA
Sayyoramiz atmosferasi evolyutsiyasini modellashtirgan olimlarning fikricha, Yer taxminan 1 milliard yildan so‘ng kislorodga boy atmosferani yo‘qotadi. Bu haqda BBC Sky at Night xabar berdi.
Nature Geoscience jurnalida chop etilgan tadqiqotga ko‘ra, Yerning yashash uchun yaroqsiz bo‘lib qolishiga eng ehtimoliy sabab – kislorodning yo‘qolishi. Bunday xulosaga Kazumi Ozaki (Toxo universiteti) va Kristofer Reynxard (Jorjiya texnologiya instituti) keldi, ular sayyoramizning iqlimi va biokimyosi evolyutsiyasini 400 ming martadan ko‘proq modellashtirishdi.
«Ko‘p yillar davomida Yer biosferasining umr ko‘rish davomiyligi Quyosh yorug‘ligining barqaror o‘sishi va global karbonat-silikat geokimyoviy sikli haqidagi ilmiy ma’lumotlarga asoslangan holda muhokama qilinmoqda. Ushbu nazariy asosning oqibatlaridan biri atmosferadagi SO2 darajasining doimiy pasayishi va geologik vaqt shkalasi bo‘yicha global isishdir», dedi Ozaki.
Olimlarning ta’kidlashicha, Yer biosferasi 2 milliard yil ichida haddan tashqari qizib ketish va fotosintez uchun SO2 yetishmasligi kombinatsiyasi tufayli yo‘q bo‘lib ketadi. Bu hammaga ma’lum fakt.
«Agar bu to‘g‘ri bo‘lsa, biz uzoq kelajakda atmosferadagi kislorod miqdori ham pasayishini kutgan bo‘lardik. Biroq, bu qachon va qanday sodir bo‘lishi noma’lumligicha qolmoqda», deb ta’kidladi tadqiqotchilar.
Model taxminan bir milliard yildan so‘ng atmosferaning «tezkor kislorodsizlanishi» boshlanishini ko‘rsatdi. Shundan so‘ng, u Buyuk Oksidlanish hodisasidan oldingi atmosferaga o‘xshash bo‘ladi - ya’ni 2,5 milliard yil oldingi.
«Katta kislorodsizlanishdan so‘ng atmosfera metanning ko‘payishi, SO2 past darajasi va ozon qatlamining yo‘qligi bilan tavsiflanadi. Yer tizimi, ehtimol, anaerob hayot shakllari dunyosi bo‘ladi», dedi Ozaki.
Tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, kislorodga boy atmosfera sayyora tarixidagi vaqtinchalik bosqichdir. Yer mavjudligining bor-yo‘g‘i 20-30 foiz davrida shunday atmosferaga ega bo‘ladi, shuning uchun sayyorani «hayot fazasida» ko‘rish imkoniyati – biznikiga o‘xshab – juda cheklangan.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Chikagodagi tungi klubda otishma yuz berdi. Uch kishi halok bo‘ldi va 16 kishi yaralandi
Jahon | 18:15
-
«Jasorat maktablari»ga o‘quvchilarni qabul qilish tartibi belgilandi
Jamiyat | 18:11
-
Dronlar Everest yonbag‘irlarini chiqindilardan tozalashni boshladi
Jahon | 18:08
-
AQSh – futbol mamlakati emas. U yerda mundial o‘tkazish qanchalik to‘g‘ri qaror?
Sport | 17:44
Mavzuga oid

10:37 / 12.06.2025
Dunyodagi mojarolar soni 1946 yildan beri eng yuqori ko‘rsatkichga yetdi

18:47 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi

00:12 / 26.05.2025
Yer qa’rida ulkan oltin zaxiralari borligi aniqlandi

13:18 / 12.05.2025