Sog‘liqni saqlash vazirining ikki o‘rinbosari ishdan ketdi
Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosarlari Davron Sultonov va Farrux Sharipov ishdan olindi. Yana bir o‘rinbosar Olim Omonov esa 6 oyda raqamlashtirishda o‘zgarish qilmasa, ishdan olinishi haqida ogohlantirildi.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi
Sog‘liqni saqlash vaziri birinchi o‘rinbosari Davron Sultonov va vazir o‘rinbosari Farrux Sharipov ishdan ketdi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida tibbiyot sohasidagi islohotlarning navbatdagi bosqichida turgan ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.
Yig‘ilishda tibbiy sug‘urtani joriy qilish surunkali surilib kelayotgani keskin tanqid qilindi. Toshkent shahrida o‘tgan yili, Qoraqalpog‘iston, Navoiy, Samarqand, Farg‘ona, Surxondaryo va Xorazmda bu yili ushbu tizim ishga tushishi kerak edi. Sug‘urta jamg‘armasi faqat tayyor pulni taqsimlovchiga aylanib qolgani ko‘rsatib o‘tildi.
«Belgilangan islohotlarimiz qanchalik to‘g‘ri bo‘lmasin, tizim raqamlashmasa, kutilgan natijaga erisha olmaymiz»,
- dedi prezident.
Lekin mutasaddilar tizimni to‘liq raqamlashtirish u yerda tursin, oddiy «elektron retsept»ni ham ishga tushira olmagani tanqid qilindi. «Elektron poliklinika», «Elektron shifoxona»ni joriy etishda ham jiddiy oqsoqliklar bor.
«Vazirlik rahbarlari dunyoqarashini o‘zgartirib, fidoyi bo‘lmasa, mas’uliyatni his qilib, so‘rovni kuchaytirmasa, islohotlar mahallagacha yetib bormaydi», - dedi davlat rahbari.
Shu bois, yo‘l qo‘yilgan kamchilik va xatolar uchun sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosarlari Davron Sultonov, Farrux Sharipov lavozimidan ozod etildi, vazir o‘rinbosari Olim Omonov 6 oyda raqamlashtirishda o‘zgarish qilmasa, ishdan olinishi haqida ogohlantirildi.
Ma’lumot uchun, Davron Sultonov 2024 yil sentabrida Alisher Shodmonov o‘rniga vazirning birinchi o‘rinbosari etib tayinlangandi.
Farrux Sharipov va Olim Omonov esa 2023 yil sentabrida SSV vaziri o‘rinbosari lavozimlarida ish boshlagandi.
Tavsiya etamiz
Urush tugadi, rahbar bunkerdan chiqdi – hafta dayjesti
Jahon | 18:43 / 29.06.2025
Oshadigan nafaqalar, joriy etilayotgan eskrou tizimi va sog‘liqni saqlash sohasida yangi model – 1 iyuldan nimalar o‘zgaradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 28.06.2025
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel”dan “CHILLA SALE” - faqat 1-2 iyul kunlari 50%gacha chegirma!
Jamiyat | 19:00 / 30.06.2025
-
Toshkent xalqaro aeroportida 3 nafar qizni fohishalik uchun Tailandga yuborishga uringan ayol ushlandi
Jamiyat | 23:58 / 30.06.2025
-
Sirdaryoda Lacetti va Yutong ishtirokida YTH yuz berdi. Bir yo‘lovchi halok bo‘ldi
Jamiyat | 23:32 / 30.06.2025
-
Polsha snaryad ishlab chiqarishni 5 baravarga oshiradi
Jahon | 23:22 / 30.06.2025
Mavzuga oid

15:29 / 30.06.2025
Prezident yoshlarning innovatsion ishlanmalari va istiqbolli loyihalari bilan tanishdi

15:01 / 30.06.2025
O‘qishga kira olmagan maktab bitiruvchilarini band etish bo‘yicha dastur qabul qilindi

14:07 / 30.06.2025
Har yili eng salohiyatli 3 ming o‘quvchi saralanib, dunyoning nufuzli oliygohlariga tayyorlanadi

13:20 / 30.06.2025