M25 konida ulkan gaz favvorasi yuzaga keldi
Internetda tarqalgan videolarda katta bosim ostida otilib chiqayotgan vodorod sulfidli gaz favvorasining balandligi bir necha o‘n metr yetganini ko‘rish mumkin. Voqeadan 8 soat o‘tib berilgan ilk rasmiy axborotda gaz tarqalishining oldini olish uchun oqim yoqib qo‘yilgani, yaqin-atrofdagi aholi punktlari uchun xavf yo‘qligi aytiladi.

Internetda tarqalgan videolardan kadrlar
Surxondaryoning Boysun tumanida joylashgan “Mustaqillikning 25 yilligi” konida gaz otilishi yuz berdi.
Tong soat 6 larda ro‘y bergan holat haqida soat 13:57 ga kelib ilk rasmiy axborot berildi.
Energetika vazirligiga ko‘ra, 5 may kuni soat 6:10 da kondagi 202-quduqda tarkibida vodorod sulfidi yuqori bo‘lgan gazning katta bosim bilan otilishi va natijada fontanlanish holatining qaytalanishi kuzatilgan.
“Tarkibida vodorod sulfidi yuqori bo‘lgan gaz tarqalishining oldini olish maqsadida gaz oqimi nazorat ostida yoqib yuborildi. Ayni paytda barcha zarur tadbirlar xavfsizlik choralariga to‘liq rioya qilingan holda amalga oshirilmoqda. Hodisa sodir bo‘lgan hudud tegishli xizmatlar tomonidan o‘rab qo‘yilgan va hozirgi vaqtda ushbu hudud O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi hamda Ochiq neft va gaz favvoralarining oldini olish hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha O‘zbekiston harbiylashtirilgan qismi mutaxassislari tomonidan doimiy nazorat qilinmoqda.
Yuzaga kelgan hodisa yaqin atrofdagi aholi punktlari uchun xavf tug‘dirmaydi”, – deyiladi vazirlik bayonotida.
Qayd etilishicha, mazkur quduqda tarkibida vodorod sulfidi yuqori bo‘lgan gazning chiqishi 2025 yil 27 mart kuni ham qayd etilgan. O‘shanda quduq nazorat ostida yoqib qo‘yilgan.
22 aprelda esa quduq o‘qining g‘ovlanib tushgani va kolonna chiqib ketishi natijasida fontanlanish to‘xtagan, hodisa joyida gazning sust oqimi (grifon) kuzatilgan.
“Avariyani bartaraf etish maqsadida hodisa joyida xorijdan jalb etilgan mutaxassislar ham faoliyat olib bormoqda”, – deya qayd etgan Energetika vazirligi.
Tavsiya etamiz
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
O‘zbekiston | 17:56 / 20.06.2025
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?
Jamiyat | 21:46 / 19.06.2025
Tarvuz tarkibidagi nitratlar: hozirgi tarvuzlarni yesa bo‘ladimi?
Jamiyat | 17:57 / 19.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eron Qatardagi AQSh bazasiga hujum qildi
Jahon | 03:43
-
Tesla Texasda robotaksi servisini ishga tushirdi
Fan-texnika | 01:37
-
AQSh DeepSeek sun’iy intellekt chatbotini Xitoy armiyasiga yordam berishda aybladi
Jahon | 00:24
-
Prezident administratsiyasining qator xodimlari lavozimdan ozod etildi
O‘zbekiston | 23:33 / 23.06.2025
Mavzuga oid

21:10 / 23.06.2025
Yil yakunigacha 12 ta quyosh va 4 ta shamol elektr stansiyasi ishga tushiriladi

08:03 / 22.06.2025
Katta AES bitimi, Farg‘onadagi “maska-shou” va qulayotgan dollar - hafta dayjesti

23:25 / 19.06.2025
Qozog‘istonda elektr ta’minoti uzilgani O‘zbekistonga ham ta’sir qildi

14:09 / 18.06.2025