Britaniyada o‘ng populistlar mahalliy saylovlarda g‘alaba qozondi
Nayjyel Farajning Reform UK partiyasi ilgari leyboristlar yoki konservatorlar bo‘lgan saylov okruglarida g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi. Uning matbuot kotibi boshpana so‘rovchilarni mehmonxonalarga emas, balki chodirlarga joylashtirish kerakligini aytdi.

Foto: Joe Giddens/AP Photo/picture alliance
Buyuk Britaniyada o‘ng partiyalarning mashhurligi oshishining umumevropa tendensiyasi davom etdi. 1 may kuni bo‘lib o‘tgan munitsipal saylovlarning dastlabki dastlabki natijalariga ko‘ra, britaniyalik deputat Nayjyel Faraj boshchiligidagi o‘ng populistik Reform UK partiyasi boshqa barcha partiyalar birlashganidan ko‘ra ko‘proq mandat oladi, deb xabar berdi 2 may, juma kuni BBC Rus xizmati.
Uning ta’kidlashicha, Reform UK ilgari leyboristlar yoki konservatorlar partiyasini saylagan saylov okruglarida g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘lgan va ekspertlar bu natijani ikki partiyaviy tizimga jiddiy tahdid deb atagan.
Butun mamlakat bo‘ylab 1600 dan ortiq munitsipal kengash a’zolari va ko‘plab merlar saylandi. 2024 yil iyun oyida o‘z o‘rnini yo‘qotib, Reform UK partiyasiga o‘tgan sobiq konservativ deputat Andrea Jyenkins Linkolnshir meri uchun poygada g‘olib chiqdi. Bundan tashqari, uning partiyasi okrug kengashidagi ko‘pchilik o‘rinlarni qo‘lga kiritdi. Muvaffaqiyatni sharhlar ekan, Jyenkins «yumshoq Britaniya»ga barham berishini va mamlakatda boshpana so‘rovchilarni mehmonxonalarda emas, balki chodirlarda joylashtirish kerakligini aytdi.
Olti yil muqaddam "Brekzit" partiyasi asosida tuzilgan Reform UK joriy saylovlar hukmron leyboristlar va muxolifatdagi konservativ partiyalardan tashkil topgan ko‘p asrlik ikki partiyaviy siyosiy tizimning «qulashini boshlashiga» umid qilmoqda. Uning yetakchisi, "Brekzit"ning asosiy shaxslaridan biri Nayjyel Faraj immigratsiyaga qarshi siyosat olib boradi va AQSh prezidenti Donald Trampning do‘sti sanaladi, deb xabar bermoqda Reuters.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston Mobiuz kompaniyasini xalqaro sotuvga qo‘ydi
O‘zbekiston | 23:10 / 09.06.2025
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39 / 07.06.2025
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27 / 07.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkent-sitida LVMH flagman do‘koni ochilishi mumkin
O‘zbekiston | 23:57 / 11.06.2025
-
Hongkong milliy xavfsizlikka tahdid tufayli birinchi marta videoo‘yinni taqiqladi
Jahon | 23:50 / 11.06.2025
-
Tramp 9 ming noqonuniy migrantni Guantanamo qamoqxonasiga yubormoqchi
Jahon | 23:15 / 11.06.2025
-
1-sinfga qabul 20 iyundan boshlanadi
O‘zbekiston | 22:45 / 11.06.2025
Mavzuga oid

13:43 / 11.06.2025
Beshta davlat ikki isroillik vazirga qarshi sanksiyalar kiritdi

15:52 / 10.06.2025
Britaniya moliya tashkiloti O‘zbekistondagi xususiylashtirish loyihalarida ishtirok etadi

10:49 / 10.06.2025
Britaniyalik taniqli yozuvchi Frederik Forsayt vafot etdi

14:10 / 09.06.2025