Qozog‘iston va O‘zbekiston birjalari meva-sabzavotlarni hamkorlikda sotadi
Kazinform xalqaro axborot agentligi "Qozog‘iston va O‘zbekiston birjalari meva-sabzavot mahsulotlarini birgalikda sotishga kelishib oldi" sarlavhali maqolani tarqatdi.

Foto: Dunyo
"Birja tovar bozori-2025" xalqaro forumi yakunlariga ko‘ra, "Kaspiy" tovar birjasi" AJ va "O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi" AJ o‘rtasida hamkorlik va qo‘shma faoliyat to‘g‘risida shartnoma imzolandi.
Imzolangan shartnoma elektron savdo maydonchalarini integratsiyalashuvi bilan bir qatorda meva-sabzavot va boshqa mahsulotlarning birja savdosi sohasida barqaror va o‘zaro manfaatli hamkorlikni shakllantirishga qaratilgan, deyilgan manbada.
Qayd etilishicha, ushbu kelishuv, ayniqsa, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining yuqori hajmi faol transchegaraviy savdo bilan uyg‘unlashgan Markaziy Osiyo mintaqasi uchun juda muhim. "Tomonlar savdo tartib-qoidalarini osonlashtiradigan va tranzaksiya xarajatlarini kamaytiradigan qo‘shma mexanizmlarni ishlab chiqish va amalga oshirish niyatida", – deb yozgan Kazinform.
Mavzuga oid

17:57 / 28.06.2025
Qozog‘istonda OAV xodimlariga bayram munosabati bilan 66 ta uy topshirildi

16:25 / 28.06.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston Orol dengizi qurigan tubida saksovul ekadi

12:38 / 28.06.2025
Qozog‘istonda Chevrolet avtomobillari narxi arzonlashdi

20:48 / 26.06.2025