Prezident Urganch shahrida jamoat transporti faoliyati bilan tanishdi
Shaharda yangi avtobuslarning ishga tushirilishi tufayli aholining jamoat transportidan foydalanish darajasi 38 foizga yetgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatiga tashrifi davomida Urganch shahrida jamoat transportida yaratilayotgan qulayliklar bilan tanishdi.
Qayd qilinishicha, «Bunyod yo‘lovchi tashish» korxonasi tomonidan qariyb 8 million dollar evaziga 80 ta zamonaviy avtobus keltiriladi. Hozirga qadar shundan 50 tasi keltirilgan.
«YeVRO-5» talablariga munosib mazkur avtobuslarning sig‘imi 70 kishilik, nogironlar va keksalar uchun ham qulay. Shuningdek, Wi-Fi va kuzatuv kameralari ham mavjud.
Ta’kidlanishicha, yangi avtobuslarning har biri kuniga ming kishiga xizmat ko‘rsatmoqda. Ularning qatnov oralig‘i vaqti ham ikki barobarga qisqarib, 5-12 daqiqaga tushgan. Natijada Urganch shahrida aholining jamoat transportidan foydalanish darajasi 38 foizga yetgan.
Asosiysi, bunday sharoitlar transport yetishmovchiligi va ko‘chalarda tirbandlikning oldini olib, fuqarolarning erkin harakatlanishiga xizmat qilmoqda.
Boshqa hududlarni ham jamoat transporti bilan yaxshi qamrab olish uchun korxona tomonidan tez kunda yana 30 ta avtobus keltirilishi reja qilingan.
Prezident jamoat transportini tumanlar bilan samarali bog‘lab, yo‘nalishlarni qulaylashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Yo‘llarni ta’mirlab, haydovchilar malakasi va texnik xizmat sifatini oshirish avtobuslardan foydalanish muddatini uzaytirishda muhim omil ekani qayd etildi.
Tavsiya etamiz
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
O‘zbekiston | 17:56 / 20.06.2025
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?
Jamiyat | 21:46 / 19.06.2025
Tarvuz tarkibidagi nitratlar: hozirgi tarvuzlarni yesa bo‘ladimi?
Jamiyat | 17:57 / 19.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Buyuk Britaniyada «Robin Hud» solig‘ini joriy etish taklif qilindi
Jahon | 19:11
-
Afrikadagi vagnerchilar kannibalizmda ayblanmoqda
Jahon | 18:39
-
Vengriya va Slovakiya Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 18-paketi qabul qilinishini blokladi
Jahon | 18:02
-
Toshkent aeroportida kapsula mehmonxona ochildi
Jamiyat | 17:55
Mavzuga oid

14:10
Shavkat Mirziyoyev BMT Davlat xizmati bo‘yicha forumi ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

12:24
O‘zbekiston prezidenti davlat tashrifi bilan Mo‘g‘ulistonga boradi

19:16 / 20.06.2025
Prezident Ko‘kdala tumani markazidagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi

15:37 / 20.06.2025