AQSh O‘zbekiston paxta sanoatini moliyalashtirganini eshitgan Ilon Mask kulib yubordi
AQSh mehnat vaziri tashqi yordam dasturlarini bekor qilib, 250 million dollar tejalganini aytdi. Bu dasturlar orasida O‘zbekiston paxta sanoatidagi shaffoflik va hisobdorlikni oshirish kabi loyihalar ham borligini eshitgan Ilon Mask kulib yubordi. «Bu narsalar shu qadar kulgiliki, ishonib bo‘lmaydi. O‘zbekiston paxtachilari. Bu xuddi komediyaga o‘xshaydi», dedi DOGE rahbari.

Foto: AP
30 aprel kuni Oq uyda prezident Donald Tramp ishtirokida navbatdagi hukumat yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilishda AQSh mehnat vaziri Lori Chaves hukumat moliyalashtirgan tashqi manbalar haqidagi hisobotini o‘qib eshittirayotganda Hukumat samaradorligi departamenti (DOGE) rahbari Ilon Mask kulib yubordi.
«Biz America Last (Tramp jamoasi Amerika manfaatlariga xizmat qilmaydigan dasturlarni shunday nomlashadi — tahr.) doirasida tashqi yordam dasturlarini bekor qilib, 250 million dollar tejadik. Xususan, O‘zbekiston paxta sanoatidagi shaffoflik va hisobdorlikni oshirish kabi loyihalarni moliyalashtirish. Bunday narsalarga bizning mablag‘imiz sarflanishi mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi. Tejamkorlik uchun DOGE’ga rahmat. Biz nima topdik, aniqlangan firibgarliklar», dedi Lori Chaves.
Bu Ilon Maskning kulgisiga sabab bo‘ldi.
«Bu narsalar shu qadar kulgiliki, ishonib bo‘lmaydi. O‘zbekiston paxtachilari. Bu xuddi komediyaga ga o‘xshaydi», dedi DOGE rahbari.
Ma’lumot uchun, joriy yil mart oyi oxirida AQSh Mehnat vazirligi O‘zbekiston paxta sanoatida shaffoflik va hisobdorlikni oshirish loyihasini ham o‘z ichiga olgan 38 mln dollardan ortiq xorijiy yordam grantlarini bekor qilgandi.
«Sizlar mashaqqat bilan topgan dollarlaringiz O‘zbekiston paxta sanoatida shaffoflik va hisobdorlikni oshirish, Braziliya va Kolumbiyada iqlim o‘zgarishi dasturlari bilan bog‘liq siyosatni ilgari surish, Indoneziya va Gvatemalada jamoaviy muzokaralarni qo‘llab-quvvatlash va Kongo Demokratik Respublikasida mehnat standartlari sohasidagi taraqqiyotni nazorat qilish kabi narsalarga sarflanayotganini bilmas edingiz. Oddiy qilib aytganda, biz Amerikani oxirgi o‘ringa qo‘yadigan dasturlarni bekor qilamiz», - degandi Lori Chaves.
«O‘zbekiston paxta sanoatida shaffoflik va hisobdorlikni oshirish» loyihasi 2022 yil avgust oyida boshlangan va 2026 yil dekabrigacha davom etishi kerak edi. 2022 yilda unga 2 million dollar ajratilgan bo‘lsa, 2025 yilda yana 1 million dollar ajratish rejalashtirilgandi.
Tavsiya etamiz
Qaysi toifadagi talabalardan o‘qishni tugatguncha granti olib qo‘yilmaydi?
O‘zbekiston | 11:26 / 07.06.2025
Milliy jamoa a’zolariga BYD avtomobillari topshiriladi
Sport | 16:14 / 06.06.2025
Tramp va Mask ochiqchasiga urishib ketdi
Jahon | 12:05 / 06.06.2025
Yangi Toshkent qanaqa bo‘ladi? Bosh arxitektor va mas’ul shaharsoz bilan suhbat
O‘zbekiston | 17:07 / 05.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xitoyda global pandemiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan yangi koronavirus aniqlandi
Jahon | 00:30
-
Fransiyaning Renault kompaniyasi Ukraina uchun dronlar ishlab chiqaradi
Jahon | 00:05
-
Yaponiya ilk bor 1000 kilometrdan ortiq masofaga uchadigan raketalarini namoyish etdi
Jahon | 23:50 / 08.06.2025
-
“Do‘stlar, biz bu kunga yetdik, uddaladik!” – oson kechmagan mundial yo‘li haqida katta suhbat
Sport | 22:02 / 08.06.2025
Mavzuga oid

15:06 / 08.06.2025
WSJ: Pentagon yillar davomida NUJ haqida yolg‘on ma’lumotlar tarqatib kelgan

14:55 / 08.06.2025
OAV: Ilon Mask Oq uyda moliya vaziri bilan yoqalashib ketgan

22:08 / 07.06.2025
Ilon Mask AQSh prezidenti bilan ziddiyat ortidan yangi partiya tuzishni taklif qildi

20:05 / 07.06.2025